All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

O’ZBEK TILI VA ADABIYOTI FAKULTETI

F.I.O. Allaberdiyev Alijon Avezberdiyevich
LavozimiFakultet dekani
Ilmiy darajasi va unvonif.f.n.
Telefon+998 79 225-19-70
E-mailinfo@nspi.uz
F.I.O.Mansurova Nodira Bobojonovna
LavozimiO`quv ishlari bo`yicha dekan muovini
Ilmiy darajasi va unvoniClosed
Telefon+998 79 225-19-70
E-mailinfo@nspi.uz
F.I.O.Bozorov Qilich Qodirovich
LavozimiMa`naviyat ishlari bo`yicha dekan muovini
Ilmiy darajasi va unvoniClosed
Telefon+998 79 225-19-70
E-mailinfo@nspi.uz

Fakultet haqida

Fakultet kafedralari:

O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi
O’zbek tilshunosligi kafedrasi

Fakultetning bakalavriatura yo’nalishlari:

60111400 – O`zbek tili va adabiyoti
60111500 – Qoraqalpoq tili va adabiyoti

Fakultetning magistratura mutaxassisliklari:

70111401 – O`zbek tili va adabiyoti

Professor - o`qituvchilar soni42
FAN DOKTORI, PROFESSORLAR2
FAN NOMZODI, DOTSENTLAR22
KATTA O’QITUVCHI VA ASSISTENT O`QITUVCHILAR18
FAKULTET BO‘YICHA ILMIY SALOHIYAT69%

TA'LIM OLAYOTGANLAR

0
Magistrantlar soni
0
Bakalavrlar soni
0
Davlat granti asosida
0
Shartnoma asosida
Fakultet haqida
Ilmiy ishlar
Ma’naviy-ma’rifiy ishlar
Iqtidorli talabalar

  Fakultet binosining umumiy sig‘imi 450 o‘rinli, o‘quv mashg‘ulotlari 2 smenada tashkil etilgan. O‘quv-auditoriyalar soni 10 ta. Fakultetda o‘quv jarayonini hozirgi zamon talablari doirasida tashkil etishda o‘quv auditoriyalari va o‘qitishning texnik vositalari etarlicha. Shuningdek, professor-o‘qituvchilar tomonidan fanlar kesimida O‘quv uslubiy majmualar, qo‘shimcha ravishda ko‘rgazmali vositalar, didaktik materiallar, videoroliklar yaratilgan. Jumladan, 20 ga yaqin kompyuter, (1 ta kompyuter sinfi), 3 ta videoproektor, 2 ta elektron doska mavjud.
Namunaviy o‘quv reja va namunaviy fan dasturlari asosida ta’lim yo‘nalishlari uchun adabiyotlar mavjud. Jumladan, 2019-yilda O‘zbek tilshunosligi kafedrasi professori N.Murodova, dots. R.Yusubovalar tomonidan 3ta darslik yaratilgan. Fakultetning 2023-yilda bitiruvchi kurs talabalari 313 nafarni tashkil qilib, ularning 287 nafari bakalavr, 26 nafari esa magistrlardir.

1. Z.Jumaev, G.Boltayeva, H.Suyunov, B.Ashurovlar doktorlik dissertatsiyasi (DSc) mavzulari OAK byulletenida e’lon qilingan va ilmiy izlanishlar olib bormoqdalar.
2. 2023-yilda F.Yuldoshev filologiya fanlari doktori dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.
Qolgan professor-o‘qituvchilar ham ilmiy izlanishlarini olib bormoqdalar. Maqola va tezislar chop etmoqdalar.
Fakultet kafedralarida oxirgi 3 yilda jami 60 ta maqola OAK e’tirof etgan mahalliy va xorijiy jurnallarda chop etilgan.

   Ma’naviy-ma’rifiy ishlarni o‘rganish bo‘yicha fakultetda ma’naviy-ma’rifiy ishlar rejasi mavjud bo‘lib, institut yoshlar bilan ishlash ishlari bo‘yicha prorektor tomonidan tasdiqlangan shu asosida o‘qituvchi-murabbiylar haftaning har juma kunlari “Axborot va murabbiylik soati”ni namunali tashkil etilgan va guruh jurnallariga murabbiylar tomonidan qayd qilingan. Bundan tashqari, ko‘plab tadbirlar tashkil qilingan. Jumladan, Mustaqillik kuniga, O‘qituvchi va murabbiylar kuniga, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga, Ota-onalar yig‘ilishi, Ichki ishlar xodimlari bilan hamkorlikda “Diniy ekstremizm va terrorizm-yoshlar kelajagiga taxdid”, tibbiyot xodimlari bilan hamkorlikda “Giyohvand vositalarining yoshlar tarbiyasiga salbiy ta’siri”, “Grippdan ehtiyot bo‘ling” mavzusida, “Quvnoqlar va zukkolar”, sport tadbirlari va boshqa bir qator tadbirlar tashkil etilgan va fakultet talaba va professor-o‘qituvchilari ham unda faol ishtirok etishgan. Hozirda fakultetda 1584 nafar talaba tahsil oladi, shulardan 63 nafari talabalar yotoqxonasida yashaydi, 665 nafari ijarada yashaydi, 856 nafari o‘z uyida istiqomat qiladi. Institut ma’muriyati tomonidan belgilangan reja asosida talabalar yotoqxonasida va o‘quv binosida kecha-kunduz navbatchiliklar tashkil qilingan.
Ijarada yashayotgan talabalar ahvolidan doimiy ravishda xabardor bo‘lib turiladi, ijara manzillari, albomlar tayyorlanib, institut “Ma’naviyat va ma’rifat” bo‘limiga taqdim qilingan.

    O’zbek tili va adabiyoti fakultetida jami 84 nafar iqtidorli talaba bo’lib, ularning barchasi kaferda professor o’qituvchilari bilan hamkorlikda ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar. Iqtidorli talabalardan Muslixiddinova Raxshona, Raxmonova Umeda, Qurbonov Davronlar nomdor stependiya sohiblaridir.

TALABALAR SONI

0
Akademik guruhlar
0
Ozbek guruhlarda
0
Qoraqalpoq guruhlarda

Fakultet yangiliklari