loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

SHOIR VA TARJIMON VAFO FAYZULLOH BILAN ADABIY UCHRASHUV TASHKIL ETILDI

  NavDPI O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti qoshida tashkil etilgan “Qaqnus” adabiy klubining tashabbusi bilan “So‘z yukida Vatan bor” deb nomlangan tadbir tashkil etildi. Unda atoqli shoir, mohir tarjimon va munaqqid VAFO FAYZULLOH bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muallifning “Iz” nomli saylanmasi va “Belgidan belgigacha” kitoblarining taqdimoti hamda talaba-yoshlar, ijod ahli bilan adabiy uchrashuv o‘tkazildi.

 

Ilmiy-ijodiy ruhda o‘tkazilgan tadbirda muallif professor-o‘qituvchilar va talabalar tomonidan berilgan savollarga javob berdi. Adabiyot, ijod, tarjima, adabiy tanqid kabi qator masalalarda o‘z qarashlarini va tavsiyalarini berdi.

Mazkur uchrashuv yig‘ilganlarga xushkayfiyat, yuksak ma’naviy quvvat bag‘ishladi. Bunday tadbirlarning tashkil etilishi adabiyot, manaviyatimiz rivojiga katta hissa qo‘shadi.