• Kimyo kafedrasi
• Biologiya kafedrasi
• Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari kafedrasi
• 60530100 – Kimyo ta’lim yo`nalishi
• 60510100 – Biologiya ta’lim yo`nalishi
• 60530200 – Geografiya ta’lim yo`nalishi
• 5611700 – Maktab menejmenti
• 70530104-Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (kimyo)
• 70510105-Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (biologiya)
• 70530201-Geografiya
“Tabiatshunoslik” fakulteti Navoiy davlat universiteti (instituti) ilmiy kengashining 2001 yil 28 iyuldagi 12 sonli qarori asosida tashkil etilgan. 2015 yilda “Tabiatshunoslik” fakulteti nomi “Tabiiy fanlar” fakultetiga o’zgartirilgan.
Tabiiy fanlar fakultetida faoliyat olib borayotgan professor-o`qituvchilar soni 106 nafar, shundan
Talabalarning umumiy soni 2301 nafar, shundan davlat grantida 387 nafar, shartnoma asosida 1914 nafar, kechki 241 nafar, sirtqi 655 nafar talaba tahsil oladi. O`quv mashg`ulotlarida o`zbek, rus va qozoq tillarida olib boriladi.
Fakultet tarkibidagi kafedralar ilmiy salohiyati:
• Kimyo kafedrasida 23 nafar professor-o`qituvchi asosiy shtatda faoliyat olib boradi. Shundan 1 nafari professor, 6 nafari dotsent, 3 nafari PhD, 4 nafari katta o‘qituvchi, 9 nafar o‘qituvchi. Ilmiy salohiyat 43,5 %.
• Biologiya kafedrasida 39 nafar professor-o`qituvchi faoliyat olib boradi. Shundan 13 nafari b.f.n. dotsent, 7 nafari PhD, 4 nafari katta o‘qituvchi, 15 nafar o‘qituvchi. Ilmiy salohiyat 51,3 %.
• Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari kafedrasida 36 nafar professor-o`qituvchi faoliyat olib boradi. Shundan 4 nafari fan doktori, 11 nafar fan nomzodi va PhD, 1 nafari ilmiy darajasiz dotsent, 7 nafar katta o‘qituvchi, 13 nafar o‘qituvchi. Ilmiy salohiyat 53,5 %. Fakultet ilmiy salohiyati 50 %
OTM va korxonalar bilan aloqasi:
Moskva davlat Universiteti, O`zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi, O`zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi umumiy va noorganik kimyo instituti, Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy Universiteti, Nizomiy davlat pedagogika Universiteti, SamDU, NavDKI, NDPI, JizDPI, Navoiy viloyat Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish boshqarmasi, Navoiy viloyat gidrometeorologiya markazi, Karmana tumanidagi MChJ “Bentonite”, ”NAVOIYAZOT”OAJ.
Kimyo kafedrasida 2024-kalendar yilida 6 ta darslik, 8 ta monografiya, 15 ta o’quv qo’llanma, 1ta uslubiy ko’rsatma, 12 ta uslubiy qo’llanma nashr etildi. 26 ta ilmiy maqola Xorijiy jurnallarda(Shulardan 17tasi Web of Science va 6 tasi Scopus bazasiga kiruvchi maqolalar) va 10 ta ilmiy maqola Respublika jurnallarida chop etildi. Biologiya kafedrasida 2024- yilda 50 ta(OAK) maqola chop etilgan , 6 tasi Respublika jurnallarida chop etilgan. 35 tasi xalqaro jurnallarda chop etilgan bo’lib ( 9 tasi Scopus/ WoS bazasida chop etilgan.). 2 ta darslik, 8 ta o’quv qo’llanma,15 ta uslubiy qo’llanma, 4 ta monografiya 18 ta izohli lug’at nashr etildi. Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari kafedrasida 2024 yil hisobi bo’yicha 5 ta darslik, 5 ta o’quv qo’llanma, 6 ta monografiyalar chop etildi. Shuningdek 3 ta (Scopus, Web of Science) maqola, 13 ta maqola Xalqaro jurnallarda, 16 ta maqola Respublika va OAK jurnallarida hamda 36 ta tezislar chop etilgan.
Fakultetda ma’naviy-ma’rifiy ishlar rejasi mavjud bo‘lib, institut yoshlar bilan ishlash ishlari bo‘yicha prorektor tomonidan tasdiqlangan shu asosida o‘qituvchi-murabbiylar haftaning har seshanba va juma kunlari “Axborot” soatini namunali tashkil etilgan va guruh jurnallariga murabbiylar tomonidan qayd qilingan. Bundan tashqari, ko‘plab tadbirlar tashkil qilingan. Jumladan, Mustaqillik kuniga, O‘qituvchi va murabbiylar kuniga, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga, Ota-onalar yig‘ilishi, Ichki ishlar xodimlari bilan hamkorlikda “Diniy ekstremizm va terrorizm-yoshlar kelajagiga taxdid”, tibbiyot xodimlari bilan hamkorlikda “Giyohvand vositalarining yoshlar tarbiyasiga salbiy ta’siri”, “Grippdan ehtiyot bo‘ling” mavzusida, “Quvnoqlar va zukkolar”, sport tadbirlari va boshqa bir qator tadbirlar tashkil etilgan va fakultet talaba va professor-o‘qituvchilari faol ishtirok etishgan. Hozirda fakultetda 2298 nafar talaba taxsil oladi, shulardan 348 nafari talabalar yotoqxonasida yashaydi, 473 nafari ijarada yashaydi, 1477 nafari o‘z uyi va qarindoshinikida istiqomat qiladi. Institut ma’muriyati tomonidan belgilangan reja asosida talabalar yotoqxonasida va o‘quv binosida kecha-kunduz navbatchiliklar tashkil qilingan. Ijarada yashayotgan talabalar ahvolidan doimiy ravishda xabardor bo‘lib turiladi, ijara manzillari, albomlar tayyorlanib, institut “Ma’naviyat va ma’rifat” bo‘limiga taqdim qilingan. Respublika oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari o‘rtasida 2024-2025 o‘quv yilida o‘tkazilgan “Rektor kubogi” ning “Voleybol” sport turidan final bosqichi g‘olibi sifatida 1-darajali diplom hamda qimmatbaho sovrin bilan taqdirlandi.
Umarqulova Muxlisa Farhodjon qizi. Kimyo yo’nalishi 301-guruh talabasi. Raxbari prof.D.A.Karimova – 2024- yilda Mirzo Ulug‘bek vorislari Respublika tanlovida respublika bosqichi 1-o’rinni egalladi.
2024-yilda yil talabasi tanlovining “YILNING ENG FAOL IXTIROCHI-INNOVATOR TALABASI” nominatsiyasi 1-o’rin sovrindori’ – O‘raqov Elbek To‘lqin o‘g‘li Kimyo yo’nalishi 402-guruh talabasi. Raxbari dots.v.b.L.M.AUsmonova
2024- yilda Mirzo Ulug‘bek vorislari Respublika tanlovida qatnashib tuman bosqichida 2-o‘rinni qo’lga kiritdi. Mustafayeva Bekoyim Ulug’bek qizi Kimyo yo’nalishi 404-guruh talabasi. Raxbari dots.B.Ye.Jumaboyev.
Viloyat qizlar ovozi Tadbirkorlik va bandlike yo’nalishi koordinatori, Kelajak umidi ko’krak-nishoni sohibasi,Ozbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi stipendianti.
2024-yil “Ekolog” jamoat birlashmasi va BMT taraqqiyot dasturining O’zbekistodagi doimiy vakili Anas Fayad Qarman tomonidan Iqlim o’zgarishi bo’yicha yoshlarning xabardorligini oshirish” bo’yicha trener sifatida sertifikat bilan taqdirlangan.
2024 yil Zulfiya nomidagi davlat mukofoti Jamoatchilik yo’nalishi nomzodi
Mansurova Shahrizoda Akmal qizi 4- kurs talabalasi. Rahbari Dots B.Ye Jumaboyev – Maqola va tezislari chop etilgan.
Ibragimova Kumush O`tkirbek qizi 4-kurs talabasi. Rahbari p.f.f.d (P hD) M.N.Ibodova –Maqola va tezislari chop etilgan.
Xusainova Gulnigor Hamdam qizi 3-kurs talabasi . Rahbari Dots G. D Shamsiddinova – Maqola va tezislari chop etilgan.
Sayemnazarova Odina Abdunazar qizi 3-kurs talabasi Rahbari p.f.f.d (P hD) Ataqulova M.N- Maqola va tezislari chop etilgan.
– 3-kurs Geografiya va iqitisodiy bilim asoslari yo’nalishi talabasi Eshmonova Bahoroy Zahiriddin Muhammad Bobur stipendiyandligiga nomzod,
– 2-kurs Geografiya va iqitisodiy bilim asoslari yo’nalishi 201-guruh talabasi Ochilova Mohinur “Yil talabasi” tanlovi viloyat bosqichida 3-o’rin, Zulfiya nomidagi davlat mukofoti viloyat bosqichida ishtirokchi bo’lib qatnashdi ilmiy rahbari Muhammedova Nazokat Jo’rayevna;
– Maktab menejmenti 3 kurs talabasi Bahriddinov Oybek “Alisher Navoiy” stipendiyantiga davogar ilmiy rahbari Elov Olimdjon Komilovich, shuningdek Bahriddinov Oybek va 3- kurs Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari yo’nalishi talabasi Bozorboyev Zafarbek “Ulug’bek vorislari” Data Science o’quv dasturining Respublika bosqichida faxrli ishtirok etishdi.
– 2-kurs Geografiya va iqitisodiy bilim asoslari ta’lım yo’nalishi talabasi Talabboyeva Mohinabonu, 2-kurs Geografiya va iqitisodiy bilim asoslari yo’nalishi talabasi Anorboyeva Dilrabo, 3 kurs Geografiya va iqitisodiy bilim asoslari yo’nalishi talabasi Xusanov Zufarlar esa Xalqaro va Respublika miqyosidagi ilmiy kanferensiyalarda faol ishtirok etib kelmoqda ilmiy rahbari Muhammedova Nazokat Jo’rayevna.
O`zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining matni va musiqasi O`zbekiston Respublikasining 1992 yil 10 dekabrdagi 768-XII-sonli «O`zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to`g`risida»gi Qonuni bilan tasdiqlangan.
O`zbekiston Respublikаsining Dаvlаt mаdhiyasi O`zbekiston Respublikаsi Dаvlаt suverenitetining rаmzidir.
O`zbekiston Respublikаsining Dаvlаt mаdhiyasigа zo`r ehtirom bilаn qаrаsh O`zbekiston Respublikаsi hаr bir fuqаrosining vаtаnpаrvаrlik burchidir.
Mutal Burhonov musiqasi
Abdulla Oripov so’zi
Serquyosh hur o’lkam, elga baxt, najot,
Sen o’zing do’stlarga yo’ldosh, mehribon!
Yashnagay to abad ilmu fan, ijod,
Shuhrating porlasin toki bor jahon!
Naqarot:
Oltin bu vodiylar – jon O’zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug’ xalq qudrati jo’sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!
Bag’ri keng o’zbekning o’chmas iymoni,
Erkin, yosh avlodlar senga zo’r qanot!
Istiqlol mash’ali tinchlik posboni,
Xaqsevar, ona yurt, mangu bo’l obod!
Naqarot:
Oltin bu vodiylar – jon O’zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug’ xalq qudrati jo’sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!
Davlat bayrog`i O`zbekiston Respublikasining 1991 yil 18 noyabrdagi 407-XII-sonli «O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrog`i to`g`risida»gi Qonuni bilan tasdiqlangan.
O`zbekiston Respublikаsining Dаvlаt bаyrog`i O`zbekiston Respublikаsi dаvlаt suverenitetining rаmzidir.
O`zbekiston Respublikаsining Dаvlаt bаyrog`i xаlqаro munosаbаtlаrdа O`zbekiston Respublikаsining timsoli bo`lаdi.
O`zbekiston Respublikаsining Dаvlаt bаyrog`i — bаyroqning butun uzunligi bo`ylаb o`tgаn to`q moviy rаng, oq rаng vа to`q yashil rаngli uchtа endаn tаrkib topgаn to`g`ri to`rtburchаk shаklidаgi mаtodir.
Davlat gerbi O`zbekiston Respublikasining 1992 yil 2 iyuldagi 616-XII-sonli «O`zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to`g`risida»gi Qonuni bilan tasdiqlangan.
O`zbekiston Respublikаsi Dаvlаt gerbi quyidаgi ko`rinishgа egа: tog`lаr, dаryolаr vа so`l tomoni bug`doy boshoqlаridаn, o`ng tomoni esа chаnoqlаri ochilgаn g`o`zа shoxlаridаn iborаt chаmbаrgа o`rаlgаn gullаgаn vodiy uzrа quyosh zаrrin nurlаrini sochib turаdi. Gerbning yuqori qismidа Respublikа hurligining rаmzi sifаtidа sаkkizburchаk tаsvirlаngаn bo`lib, uning ichki qismidа yarim oy vа yulduz tаsvirlаngаn. Gerbning mаrkаzidа bаxt vа erksevаrlik rаmzi — qаnotlаrini yozgаn Humo qushi tаsvirlаngаn. Gerbning pаstki qismidа O`zbekiston Respublikаsi Dаvlаt bаyrog`ini ifodа etuvchi chаmbаr lentаsining bаntidа «O’zbekiston» deb yozib qo`yilgаn.
O`zbekiston Respublikаsi Dаvlаt gerbining rаngli ko`rinishidа: Humo qushi vа dаryolаr — kumush rаngidа; quyosh, boshoqlаr, pаxtа chаnoqlаri vа «O’zbekiston» yozuvi — oltin rаngidа; g`o`zа shoxlаri vа bаrglаri, tog`lаr vа vodiy — yashil rаngdа; chаnoqlаrdаgi pаxtа — oq rаngdа; lentа — O`zbekiston Respublikаsi Dаvlаt bаyrog`ining rаnglаrini аks ettiruvchi uch xil rаngdа; sаkkizburchаk — oltin zаrhаl bilаn hoshiyalаngаn holdа hаvo rаngdа; yarim oy vа yulduzlаr — oq rаngidа tаsvirlаngаn.