All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

MILLIY QADRIYATLAR — MAʼNAVIYATIMIZ ASOSI

  Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining №351-sonli buyrugʻi hamda Navoiy davlat pedagogika institutining 2023/2024-oʻquv yili davomida oʻtkaziladigan tadbirlar kalendar rejasiga muvofiq, shuningdek, 31-oktabr — Milliy qadriyatlar kuni munosabati bilan NavDPI O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti talaba-yoshlari o‘rtasida “Osh chempionati” bo‘lib o‘tdi.

Unda Respublikamizning turli viloyatlaridan kelib, tahsil olayotgan talabalar palovning buxorocha, samarqandcha, andijoncha, xorazmcha va boshqa turlarini tayyorlab, hakamlar hay’atiga taqdim etdilar. Shu bilan birga, fakultet “Qizlarjon” klubi a’zolari tomonidan namoyish etilgan milliy hunarmandchilik, milliy liboslar va milliy zargarlik buyumlari barcha ishtirokchilarni o‘ziga jalb qildi. Shuningdek, yoshlar tomonidan kuy-qo‘shiq va raqslar ijro etilib, faol talabalar taqdirlandilar.