Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining №351-sonli buyrug‘i asosida Navoiy davlat pedagogika instituti O‘zbek tili va adabiyoti hamda Jismoniy madaniyat fakultetlari hamkorligida sportchilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Fakultetlar rahbariyati va tyutorlari tomonidan tashkil etilgan ushbu uchrashuvda Dzyudo va Sambo bo‘yicha xalqaro toifadagi sport ustasi, Jahon va Osiyo chempioni Gulina Oblaqulova hamda sportning Strett workout turi bo‘yicha Universiada o‘yinlari va Besh tashabbus Respublika turniri sovrindori Umid Ochilovlar ishtirok etib, talabalarga o‘z tajribalarini ulashdi va barcha talabalarni sport bilan shug‘ullanishga chorladi.