loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

TARIX FAKULTETI

F.I.O.QARSHIYEV RUSTAM MARDONOVICH
LavozimiFakultet dekani
Ilmiy darajasi va unvonit.f.d
Telefon+998 79 225-43-99
E-mailinfo@nspi.uz
F.I.O.Navro`zov Ikrom Nurullayevich
LavozimiO`quv ishlari bo`yicha dekan muovini
Ilmiy darajasi va unvoniClosed
Telefon+998 79 225-43-99
E-mailinfo@nspi.uz
F.I.O.Quljonov Ilyos Abdikomilovich
LavozimiMa`naviyat ishlari bo`yicha dekan muovini
Ilmiy darajasi va unvoniClosed
Telefon+998 79 225-43-99
E-mailinfo@nspi.uz

Fakultet haqida

Fakultetning bakalavriatura yo’nalishlari:

60111100 -Tarix o’qitish metodikasi
60112100 – Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq talimi
60920100 – Ijtimoiy ish

Fakultetning magistratura mutaxassisliklari:

70111101 – Ijtimoiy gumanitar fanlarni o’qitish metodikasi (tarix)

Professor - o`qituvchilar soni71
FAN DOKTORI, PROFESSORLAR3
FAN NOMZODI, DOTSENTLAR24
KATTA O’QITUVCHI VA ASSISTENT O`QITUVCHILAR44
FAKULTET BO‘YICHA ILMIY SALOHIYAT40%

TA'LIM OLAYOTGANLAR

0
Magistrantlar soni
0
Bakalavrlar soni
0
Davlat granti asosida
0
Shartnoma asosida
Fakultet haqida
Ilmiy ishlar
Ma’naviy-ma’rifiy ishlar
Iqtidorli talabalar

Fakultetda  o‘quv mashg‘ulotlari 2 smenada tashkil etilgan.  O‘quv-auditoriyalar soni 15 ta. Fakultetda o‘quv jarayonini hozirgi zamon talablari doirasida tashkil etishda o‘quv auditoriyalari va o‘qitishning texnik vositalari etarlicha. SHuningdek, professor-o‘qituvchilar tomonidan fanlar kesimida syllabus va fan dasturlari yaratilgan. Qo‘shimcha ravishda ko‘rgazmali vositalar, didaktik materiallar, videoroliklar yaratilgan. Fakultetda  1 ta kompyuter sinfi, 4 ta videoproektor, 4 ta elektron doska mavjud.

Fakultetning 2020 yilda bitiruvchi kurs talabalari   283 nafar bo’’lib, shundan magistr-31, sirtqi-31, ikkinchi oliy-33, kunduzgi-188 nafar.fakultetda hozirgi vaqtda jami 1630 nafar talaba tahsil olmoqda. Shundan 827 nafar talaba kunduzgi bakalavr, 14 nafar magistr, sirtqi ta’lim shaklda 803 nafar.

Fakultetda 3 ta ta’lim yo’nalishi mavjud;

  1. Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi”
  2. Tarix
  3. Tarix, qo’shimcha davlat huquqi
  4. Tarix oq’itish metodikasi
  5. Ijtimoiy ish

Fakultetda 3 kafedra mavjud;

  • Tarix
  • Milliy g’oya, ma’naviyata asoslari va huquq ta’limi
  • Ijtimoiy fanlar

Fakultetning “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi tashabbusi bilan “Zamonaviy oliy ta’lim tizimi: muammo va yechimlar” mavzusida xalqaro ilmiy konferensiya o’tkazildi.  Anjuman O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-martdagi farmoyishi asosida tashkil etildi.

Tarix fakultetida yoshlar bilan ishlash va ma’naviy-ma’rifiy sohadagi olib borilayotgan faoliyat O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 28 iyuldagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishning yangi bosqichga ko‘tarish to‘g‘risida”gi PQ-3160-sonli, 2018 yil 5 iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3775-sonli hamda 2019 yil 3 mayda qabul qilingan “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4307-sonli Qarorlaridan kelib chiqib institutda mazkur o‘quv yili uchun ishlab chiqilgan yillik ish reja, fakultetning tuzilgan yillik ish rejasi asosida yo‘lga qo‘yilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3775-sonli Qarorining ahamiyatli tomoni shundaki, bu muhim hujjat faoliyatimizning asosiy yo‘nalishini belgilab beradi, unda oliy ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor lavozimi yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari lavozimi esa yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari deb yuritilishi ta’kidlangan.
Fakultet professor-o‘qituvchilari viloyat shahar va tumanlaridagi mahallalarda, ta’lim va sog‘liqni saqlash muassasalari, tashkilot va idoralar hamda harbiy qismlarda Prezidentimiz va hukumatimiz tomonidan chiqarilayotgan Farmon va qarorlarning mazmun-mohiyatini keng aholiga etkazish maqsadida targ‘ibot-tashviqot tadbirlarini olib borishga rejali jalb qilingan. O‘tgan davr mobaynida professor-o‘qituvchilar joylarda 200 dan ziyod ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda dolzarb mavzular bilan ishtirok etganlar.
Ushbu fakultetda kundusgi va sirtqi ta’lim shaklida 31 ta akademik guruh mavjud bo‘lib, 1-3 kurs talabalariga tyutorlar, 4-kurslarga esa fakultetning professor-o‘qituvchilaridan murabbiy etib tayinlangan. SHuningdek, fakultetda xotin qizlar bo’yicha dekan maslahatchisi, va YOshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti ham talabalar bilan muntazam ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, kechalar, uchrashuvlar o‘tkazib kelmoqda. Bundan tashqari professor-o‘qituvchilari viloyat miqyosidagi korxona, tashkilot va muassasalarda jamiyatimizda ro‘y berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy va ma’naviy sohadagi islohotlarning mohiyatini targ‘ib etish maqsadida ma’ruzalar o‘qib kelmoqda.
Talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida fakultetdagi “Tarix o‘qitish metodikasi”, “Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” hamda “Ijtimoiy fanlar” kafedralarida qoshida fan to‘garaklari mavjud. “Tarix” kafedrasida “Tarixchi” (a’zolari soni 102 nafar), “ Yosh manbashunoslar” (a’zolari 68 nafar) “Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” kafedrasi qoshida “Yosh huquqshunos” (a’zolari soni 44 nafar), “Ma’naviyat targ‘ibotchisi” (a’zolari soni 30 nafar), “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi qoshida “Yosh faylasuflar” (a’zolari soni 34 nafar) kabi ilmiy to‘garaklar faoliyat olib bormoqda.

TALABALAR SONI

0
Akademik guruhlar
0
Ozbek guruhlarda
0
Rus guruhlarda
0
Qozoq guruhlarda

Fakultet yangiliklari