loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

TARIX FAKULTETI TALABALARINING OTA-ONALARI BILAN UCHRASHUV OʻTKAZILDI

 Navoiy davlat pedagogika instituti Tarix fakulteti talabalarining ota-onalari va yaqinlari bilan, institut rahbariyati va masʼullar ishtirokida muloqot boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda talabalarning oʻqish jarayonlarida ishtiroki, kredit –modul tizimining afzalliklari, Hemis dasturidan foydalanish va uning qulayliklari, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan profilaktik ishlar, odob-axloq kodeksiga rioya etish kabi turli masalalarda maʼlumotlar berildi.

Majlisda shuningdek, ota-onalar tomonidan bildirilgan takliflar va savollarga javoblar qaytarildi.

Talabalar tomonidan tayyorlangan ijodiy ishlar ko‘rgazmasi va kitoblar taqdimoti tashkil etildi.