loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Tyutorlar faoliyatini tashkil etishga bag‘ishlangan namunaviy seminar-trening tashkil etildi

  I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti Toshkent shahridagi filialida tyutorlar faoliyatini tashkil etishga doir dolzarb masalalarga bag‘ishlangan namunaviy seminar-trening tashkil etildi.

Seminar-trening yuqori saviyada tashkil qilinib, unda tyutorlik institutini rivojlantirish, ular faoliyatini takomillashtirish, talaba-qizlar bilan profilaktik ishlarni jadallashtirish, axborot-murabbiylik soatlari, talabalarni qo‘llab-quvvatlashning huquqiy asoslari, talabalar bilan individual va jamoaviy ishlashning psixologik jihatlari, bo‘sh vaqtlarini samarali tashkil etish, ijara xonadonlarda yashovchi talabalar bilan ishlash, talabalarning psixologik portretini yaratish kabi bir qator dolzarb mavzular ilgari surildi.

Respublikamizdagi barcha oliy ta’lim muassasalarining 2 nafardan tajribali tyutorlari ishtirok etgan seminarda NavDPI Tarix hamda Ingliz tili va adabiyoti fakultetlari tyutorlari A.Xolova, D.Mansurovalar faol qatnashdilar.