loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Ajdodlar merosi – yoshlarga ibrat

  Navoiy viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasida adabiyotimizning yirik namoyondalari Mir Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bag‘ishlab “Ajdodlar merosi – yoshlarga ibrat” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Navoiy davlat pedagogika instituti Tarix hamda San’atshunoslik fakulteti pedagoglari, tyutorlari va talabalar ishtirok etib, ishtirokchilarga Alisher Navoiy va Boburning hayot yo‘li va ijodi haqida batafsil ma’lumotlar berdilar. Arxiv xodimlari tomonidan shoirlarimiz ijodlaridan she’r va g‘azallar, ijodkor talabalarimiz tomonidan mahorat bilan ijro etilgan milliy maqom namunalari kechaga o‘zgacha fayz ulashdi.

Tadbir so‘ngida Tarix va San’atshunoslik fakultetlari rahbariyatlariga ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni o‘tkazishda doimiy hamkorligi uchun boshqarma boshlig‘ining tashakkurnomasi taqdim etildi.