loader image
All for Joomla All for Webmasters
uzruenВнимание!!! Сайт работает в тестовом режиме!
uzruenВнимание!!! Сайт работает в тестовом режиме!
info@nspi.uz
E-mail
+998 79 225-19-30
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-30
Faks
Rektor qabulxonasi

SAN’ATSHUNOSLIK FAKULTETI

F.I.O.Raximov Otabek Davlatovich
LavozimiFakultet dekani
Ilmiy darajasi va unvoniClosed
Telefon+998 90 948-23-97
E-mailotabekraximov8407@mail.ru
F.I.O.Raupova Munira Murodovna
LavozimiO`quv ishlari bo`yicha dekan muovini
Ilmiy darajasi va unvoniClosed
Telefon+998 97 2830033
E-mailinfo@nspi.uz
F.I.O.Ochilov Zayniddin Sayfullayevich
LavozimiMa`naviyat ishlari bo`yicha dekan muovini
Ilmiy darajasi va unvoniClosed
Telefon+998 93 664-59-05
E-mailochilov7507@mail.ru

Fakultet haqida

Fakultet kafedralari:

Musiqa ta’limi
Pedagogika va psixologiya
Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi

Fakultetning bakalavriatura yo’nalishlari:

5110900-Pedagogika va psixologiya
5111100- Musiqa ta’limi
5110800-Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi

Fakultetning magistratura mutaxassisliklari:

5A110901-Pedagogika nazariyasi va tarixi (faoliyat turi bo‘yicha)
5A111101-Musiqa ta’limi va san’at
5A110801-Tasviriy san’at va amaliy bezak san’ati

Professor - o`qituvchilar soni34
FAN DOKTORI, PROFESSORLAR2
FAN NOMZODI, DOTSENTLAR6
KATTA O’QITUVCHI VA ASSISTENT O`QITUVCHILAR26
FAKULTET BO‘YICHA ILMIY SALOHIYAT23,5%

TA'LIM OLAYOTGANLAR

0
Magistrantlar soni
0
Bakalavrlar soni
0
Davlat granti asosida
0
Shartnoma asosida
Fakultet haqida
Ilmiy ishlar
Ma’naviy-ma’rifiy ishlar
Iqtidorli talabalar

Fakultet binosining umumiy sig‘imi 500 o‘rinli, o‘quv mashg‘ulotlari 2 smenada tashkil etilgan.  O‘quv-auditoriyalar soni 13 ta.

Fakultetda o‘quv jarayonini hozirgi zamon talablari doirasida tashkil etishda o‘quv auditoriyalari va o‘qitishning texnik vositalari etarlicha. SHuningdek, professor-o‘qituvchilar tomonidan fanlar kesimida O‘UM.lar yaratilgan. Qo‘shimcha ravishda ko‘rgazmali vositalar, didaktik materiallar, videoroliklar yaratilgan. Jumladan, 10 ga yaqin kompyuter, (1 ta kompyuter sinfi), 6 ta videoproektor, 1 ta elektron doska, mavjud.

Namunaviy o‘quv reja va namunaviy fan dasturlari asosida ta’lim yo‘nalishlari uchun adabiyotlar mavjud.

Fakultetning 2020 yilda bitiruvchi kurs talabalari   166  nafar bulib, shundan 37 nafar talabalar bitiruv malakaviy ishi bajarib ZOOM dasturida himoya qildilar.

Pedagogika va psixologiya  kafedrasidan ilmiy tadqiqot mavzulari tasdiqlanib, ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Jumladan, kafedra katta o‘qituvchisi D.X. Umirzoqovning,  19.00.05-Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya. ixtisosligi (PhD) bo‘yicha “Milliy mansublikning etnopsixologik xususiyatlari (turli millat vakillarining ilk o‘spirinlari misolida” mavzusidagi doktorlik dissertatsiya mavzusi tasdiqlangan (ilmiy maslahatchi p.f.d, professor. V.Karimova). 2020 yil 4-choragida himoya qilishi rejalashtirilgan.

Kafedra o‘qituvchisi D.U.Numonovaning, 09.00.04-Ijtimoiy falsafa.  ixtisosligi (PhD) bo‘yicha “O‘zbekiston zamonaviy ma’naviy-madaniy taraqqiyotida ayollar ma’suliyatini oshirishning ijtimoiy-falsafiy tahlili” mavzusidagi doktorlik dissertatsiya mavzusi tasdiqlangan (ilmiy maslahatchi f.f.d, professor.N.O.Safarova). 2020 yil 3- choragida himoya qilishi rejalashtirilgan.

Kafedra katta o‘qituvchisi F.T.Hamidovaning 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi ixtisosligi (PhD) bo‘yicha “Umumiy o‘rta ta’lim maktablari ta’lim tizimini boshqarishni monitoringini strategiyalash” mavzusidagi doktorlik dissertatsiya mavzusi tasdiqlangan (ilmiy maslahatchi p.f.d, professor.SH.Abdullaeva). 2021 yilning 1-choragida himoya qilish rejalashtirilgan.

Kafedra katta o‘qituvchisi M.M. Raupovaning,  13.00.01  – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi ixtisosligi (PhD) bo‘yicha “Maktabgacha yoshidagi bolalarda huquqiy ongni modernizatsiyalashgan didaktik ta’minot vositasida rivojlantirish” mavzusidagi dissertatsiya mavzusi tasdiqlangan (ilmiy rahbari p.f.d., prof. B.X.Xodjaev), 2021 yilning 1-choragida himoya qilish rejalashtirilgan.

Kafedra o‘qituvchisi O.Ikromovning, 19.00.06.-YOsh va pedagogik psixologiyasi ixtisosligi (PhD) bo‘yicha “Talabalar xotirasining xorijiy tillarni o‘rganish sharoitida individual-tipologik xususiyatlari” mavzusidagi dissertatsiya mavzusi tasdiqlangan (ilmiy rahbari dots., G‘.A. Normurodov) himoya qilish 2022 yilga rejalashtirilgan.

Kafedra o‘qituvchisi D.Usmonovaning 13.00.03-Maxsus pedagogika ixtisosligi (PhD) bo‘yicha “Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalar nutqini didaktik o‘yinlar orqali rivojlantirish” mavzusidagi dissertatsiya mavzusi tasdiqlangan (ilmiy rahbari dots., D.A.Axatova) himoya qilish 2022 yilga rejalashtirilgan.

Kafedrasi o‘qituvchisi F.Radjabovaning 19.00.01. Umumiy psixologiya. Kasb psixologiyasi. Psixologiya tarixi. Ixtisosligi (PhD) bo‘yicha “O‘spirinlik yoshida shaxsda liderlik sifatlarini shakllantiruvchi motivatsion-qadriyatli determinantlar” mavzusidagi dissertatsiya mavzusi (ilmiy rahbari dots., M.I.Salahutdinova) 2020 yil may oyida fakultet Kengashida muhokamadan  o‘tkazilib, institutning 2020 yil iyun oyi Kengashida muhokama va tasdiqlatish uchun maqsadli ishlar amalga oshirilmoqda.

Musiqiy ta’lim kafedrasi katta o‘qituvchisi  SH.M.Majitov 13.00.02. –Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi (PhD) bo‘yicha “Maktabgacha ta’lim muassasalarida interfaol usullar asosida bolalarni musiqiy bilimlarini shakllantirishda multimediyalarning ahamiyati” mavzusidagi dissertatsiya mavzusi tasdiqlangan (ilmiy rahbari. s.f.n, professor v.b S.B. Saidiy) himoya qilish 2022 yilga rejalashtirilgan.

Musiqiy ta’lim kafedrasi katta o‘qituvchisi  SH.Jalilov 17.00.02- Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi  (PhD) bo‘yicha “O‘zbek folklor musiqasi etnogenezi va zamonaviy tendensiyalari” mavzusidagi dissertatsiya mavzusi tasdiqlangan (ilmiy rahbari, s.f.n, professor v.b S.B. Saidiy) himoya qilish 2022 yilga rejalashtirilgan.

Musiqiy ta’lim kafedrasi katta o‘qituvchisi O‘.Mirzaevning 13.00. 02. Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi (PhD) bo‘yicha “Maktab amaliyotida mumtoz musiqa namunalaridan foydalanish” mavzusidagi dissertatsiya mavzusi (ilmiy rahbari s.f.n, professor v.b S.B. Saidiy).

Musiqiy ta’lim kafedrasi katta o‘qituvchisi B.N. Umirzoqovning 13.00.02. Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi (PhD) bo‘yicha “O‘zbek musiqasida milliylik va baynalminallik xususiyatlari” mavzusidagi dissertatsiya mavzusi (ilmiy rahbari s.f.n, professor v.b S.B. Saidiy)

Musiqiy ta’lim kafedra o‘qituvchisi A.Ergashevning 09.00.07. Ijtimoiy falsafa ixtisosligi (PhD) bo‘yicha “Tasavvuf falsafasida samo va uning estetik tamoyillari” mavzusidagi dissertatsiya (ilmiy rahbari f.f.d, professor.N.O.Safarova)

Musiqiy ta’lim kafedrasi o‘qituvchisi YU.Rasulovaning 13.00.02. Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi (PhD) bo‘yicha “Ona allasida onalik folklorining pedagogik salohiyati va boladagi ta’siri” mavzusidagi dissertatsiya (ilmiy rahbari s.f.n, professor v.b S.B. Saidiy)

Musiqiy ta’lim kafedrasi katta o‘qituvchisi  Z.S.Ochilovning 13.00.01.- Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi ixtisosligi (PhD) bo‘yicha “Musiqa savodxonligi faoliyatida multimediya vositalaridan foydalanish texnologiyasi(5-7 sinflar misolida)” mavzusidagi dissertatsiya (ilmiy rahbari, PhD. SH.N.Mustafaev)

Musiqiy ta’lim kafedrasi katta o‘qituvchisi  B.U.Toshmurodovning  13.00.01- Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi  ixtisosligi (PhD) bo‘yicha “O‘quvchilarda ijtimoiy axloqiy me’yorlarni milliy etiket odatlari asosida shakllantirish” mavzusidagi dissertatsiya (ilmiy rahbari, PhD. SH.N.Mustafaev)

Musiqiy ta’lim kafedrasi  o‘qituvchisi  O.A.Hayitovning 13.00.01- Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi  ixtisosligi (PhD) bo‘yicha “Bo‘lajak musiqa fani o‘qituvchilarida xor dirijorligiga oid amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirishning pedagogik mexanizmlari” mavzusidagi dissertatsiya (ilmiy rahbari, PhD. SH.N.Mustafaev,) mavzulari 2020 yil may oyida fakultet Kengashida muhokamadan  o‘tkazilib, institutning 2020 yil iyun oyi Kengashida muhokama va tasdiqlatish uchun maqsadli ishlar amalga oshirilmoqda.

Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi ta’lim yo‘nalishi katta o‘qituvchisi O.D.Raximovning 13.00.02. Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi  (DSc) bo‘yicha “Milliy me’morchilik kontesktida yoshlarda estetik madaniyatni shakllantirish tamoyillari” mavzusidagi doktorlik dissertatsiya mavzusi tasdiqlangan (ilmiy maslahatchi p.f.n. dots, N.YAdgarov) 2021 yilning 1-choragida himoya qilish rejalashtirilgan.

Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi S.A.SHavdirov 13.00.02. Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (sohalar bo‘yicha) ixtisosligi  “O‘quvchilarda tasviriy savodxonlikka oid o‘quv kompetensiyalarni shakllantirishning metodik tizimini takomillashtirish” (ilmiy rah dots, A.Sulaymanov) mavzusidagi dissertatsiya mavzusi tasdiqlangan, himoya qilish 2022 yilga rejalashtirilgan.

D.Umurzoqov, F.Hamidova, M.Raupova, D.Usmonovalar mustaqil tadqiqotchi sifatida ilmiy tadqiqot olib borib, dissertatsiya mavzulari OAK jurnaliga e’lon qilingan.

Qolgan professor-o‘qituvchilar ham ilmiy izlanishlarini olib bormoqdalar. Maqola va tezislar chop etmoqdalar.

Fakultet kafedralarida oxirgi 3 yilda jami 100 dan ortiq maqola OAK e’tirof etgan mahalliy va xorijiy jurnallarda chop etilgan.

Fakultetda ma’naviy-ma’rifiy ishlar rejasi mavjud bo‘lib, institut yoshlar bilan ishlash ishlari bo‘yicha prorektor tomonidan tasdiqlangan shu asosida o‘qituvchi-murabbiylar haftaning har juma kunlari  “Axborot” soatini  namunali tashkil etilgan va guruh jurnallariga murabbiylar tomonidan qayd qilingan.  Bundan tashqari, ko‘plab tadbirlar tashkil qilingan. Jumladan, Mustaqillik kuniga, O‘qituvchi va murabbiylar kuniga, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga, Ota-onalar yig‘ilishi, Ichki ishlar xodimlari bilan hamkorlikda “Diniy ekstremizm va terrorizm-yoshlar kelajagiga taxdid”, tibbiyot xodimlari bilan hamkorlikda “Giyohvand vositalarining yoshlar tarbiyasiga salbiy ta’siri”, “Grippdan ehtiyot bo‘ling”  mavzusida, “Quvnoqlar va zukkolar”, sport tadbirlari va boshqa bir qator tadbirlar tashkil etilgan va fakultet talaba va professor-o‘qituvchilari faol ishtirok etishgan.

Talabaning F.I.SH Olimpiada yoki tanlov nomi Nechanchi yilda Ilmiy rahbar
1. Norbo‘taev Farhod Maxsidin o‘g‘li Navoiy nomidagi Davlat stipendiyasi 2018 yil Dots.F.O.Xodjieva
2. Narzullaev YAshin Uchqun o‘g‘li Navoiy nomidagi Davlat stipendiyasi 2019 yil k.o‘q.D.Umurzoqov

 

Talabaning F.I.SH Olimpiada yoki tanlov nomi Nechanchi yilda Ilmiy rahbar
1 Sobirova Nodira Rangtasvir

1 – o‘rin

2020 Sa’diev Soli
2 Berdirasulova Nasiba Nodir qizi Musiqa nazariyasi

1 – o‘rin

2020 Jalilov SHokir
3 Razakov Alisher Dauletovich Musiqa nazariyasi

3 – o‘rin

2020 Haitov Oblaqul
4 Boboqulova Moxinur Jamshid qizi Musiqa nazariyasi

3 – o‘rin

2020 Mirzaev O‘ktam

 

TALABALAR SONI

0
Akademik guruhlar
0
Ozbek guruhlarda
0
Rus guruhlarda
0
Qozoq guruhlarda

Fakultet yangiliklari