Rus va qozoq filologiyasi fakulteti professor-oʻqituvchilari tomonidan umumiy oʻrta taʼlim muassasasida o’quv-uslubiy seminar tashkil etildi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Pedagogik taʼlim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy taʼlim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 21-iyundagi PQ-289-son qarori ga muvofiq Rus va qozoq filologiyasi fakultetiga biriktirilgan Navoiy viloyati Navbahor tumanidagi 34-umumtaʼlim maktabida “Umumtaʼlim maktablarida taʼlim sifatini oshirish yoʻllari” mavzusida amaliy oʻquv-uslubiy seminar oʻtkazildi.
Seminarda Rus tili va adabiyoti kafedrasi professor-oʻqituvchilari tomonidan mahorat darslari tashkil qilinib, taʼlim sifati hamda maktab reytingini oshirish boʻyicha hamkorlik ishlari rejalashtirildi. Shuningdek, maktab fondi va oʻquvchilariga kitoblar sovgʻa qilindi.