loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Rus va qozoq filologiyasi fakultetida Osiyo musobaqalari sovrindorlari bilan uchrashuv o‘tkazildi

  O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining №351-sonli buyrug‘i hamda institutning 2023/24-o‘quv yili kalendar rejasi (sport turlari bo‘yicha olimpiada, jahon, Respublika bosqichi g‘oliblari ishtirokida uchrashuvlar o‘tkazish) asosida fakultetda sportning yengil atletika turi bo‘yicha Osiyo o‘yinlari sovrindorlari, O‘zbekiston chempionlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda sportchilar bugungi kunda sportga berilayotgan e’tibor, yoshlarimizning sport bilan shug‘ullanishlari uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar xususida to‘xtalishdi.

“Fakultetimizda talabalarning darsdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishida “Talabalar ligasi”, “Besh muhim tashabbus” sport o‘yinlari, “Rektor kubogi” bo‘yicha sport o‘yinlariga talabalar muntazam ravishda qatnashib, yuqori o‘rinlarni qo‘lga kiritib kelmoqdalar…” – dotsent F.R.Jumayeva. Tadbirda talabalarning qiziqtirgan savollariga sportchilar tomonidan batafsil javob berildi.