loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
E-mail
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

INSTITUT HAQIDA

Nizomiy nomli Toshkent davlat pedagogika institutining Navoiy filiali sobiq SSSR Ministrlar Sovetining 1983-yil 25-iyuldagi № 1392-sonli Farmoyishi, O’zSSR Ministrlar Soveti va O’zbekiston kompartiyasi markaziy komitetining 1983-yil 27-iyuldagi  455-sonli Qarori bilan tashkil etildi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 28-fevraldagi farmoni bilan Navoiy davlat pedagogika instituti maqomi berilgan. Institut tarkibida 2 ta fakultet (Fizika-matematika, O’zbek tili va adabiyoti) faoliyat olib borgan.Hozirgi kunda Navoiy davlat pedagogika institutida 8 ta fakultet, 24 ta kafedra faoliyat ko’rsatadi. Institutda 27 ta`lim yo’nalishlari bo’yicha bakalavrlar, 17 ta mutaxassislik bo’yicha magistrlar tayyorlanmoqda. Talabalar kontingenti bakalavriat kunduzgi bo’limida 7755 nafar, magistraturada 180 nafar, sirtqi bo`limda 1152 nafar, maxsus sirtqi bo`limda 1053 nafar, jami institut bo`yicha 10140 nafarni tashkil etadi.

Fan doktori, professorlar2%
Fan nomzodi, dotsentlar21%
Katta o’qituvchi va asistent o`qituvchilar76%
Ilmiy darajali professor-o’qituvchilar salmog’i23,1%

Navoiy davlat pedagogika instituti strukturasi (O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining 2017- yil 5- dekabrdagi 897-sonli buyrug`i ilovasi bilan Navoiy davlat pedagogika instituti Ustavi hamda 2018-yil tuzilmasi tasdiqlangan. Institut Ustavi belgilangan tartibda Navoiy shahar “Yagona darcha” markazining 2017- yil 28-dekabrdagi 30-sonli qarori bilan Davlat ro`yxatidan o`tkazilgan) quyidagicha shakllantirildi: Rektor, Institut Kengashi, Jamoatchilik kengashi, Prorektorlar, O`quv-uslubiy boshqarma, Axborot texnologiyalari markazi, Magistratura bo`limi, Axborot resurs markazi, Sirtqi  bo`lim, Yoshlar bilan ishlash, mahnaviyat va ma`rifat bo`limi, Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo`limi, Halqaro hamkorlik bo`limi, Tahririy-nashriyot bo`limi, Ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo`limi, Reja-moliya bo`limi, Ta`lim sifatini nazorat qilish bo`limi, Xodimlar bo`limi, Monitoring va ichki nazorat bo`limi, Devonxona va arxiv, Bitiruvchilarni ishga taqsimlash va monitoring bo`limi, Fakultetlar: (Fizika-matematika, Tabiiy fanlar, Tarix, O`zbek tili va adabiyoti, Chet tillar, San`atshunoslik, Maktabgacha va boshlang`ich ta`lim, Jismoniy madaniyat).Institutda to’liq shtat bo’yicha jami 453 nafar professor-o’qituvchilar ta`lim jarayonida faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Shundan, fan doktori, professorlar, 9 nafar (1,9%), fan nomzodi va dotsentlar 96 nafar (21,2%), katta o’qituvchi va assistent o`qituvchilar 348 nafar (76,9 %) faoliyat ko`rsatishmoqda. Institutda ilmiy darajali professor-oqituvchilar salmog’i 23,1% ni tashkil etadi.

Navoiy davlat pedagogika instituti shaharning 6 ta hududida joylashgan bolib, hududlarda 5600 oringa moljallangan 8 ta oquv binosi, 900 oringa moljallangan 4 ta talabalar turar joyi, 5 ta ochiq turdagi sport maydoni, 2 ta sport zal, 3 ta talabalar oshxonasi mavjud.
Bugungi kunda institutning oquv binolarida 210 ta oquv, oquv yordamchi laboratoriya hamda kompyuter sinflari mavjud bolib, shundan, maruza xonalari soni 145 ta, amaliy mashgulot xonalari soni 32 ta, kompyuter sinflari soni 20 ta, oquv-yordamchi 13 tani tashkil etadi.
Navoiy davlat pedagogika institutining M.Tаrobiy kochasi 134- uyda kimyo va biologiya fanlaridan hamda Janubiy kochasi 1-uyda Fizika fanidan, jami 9 ta oquv-laboratoriya xonalari mavjud.

O‘quv jarayoni:

Institut fakultet dekanlari va kafedra mudirlari O‘zbekiston milliy universitetida tashkil etilgan namunaviy dekanat va kafedra namunasiga bag‘ishlangan seminarida ishtirok etib, namunaviy dekanat va kafedra namunasiga mos jihozlangan va normativ xujjatlar bilan ta’minlangan. Institutdagi mavjud 27 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va 17 ta magistratura mutaxassisliklar bo‘yicha o‘quv-me’yoriy hujjatlar, barcha ta’lim yo‘nalishlarining DTS, malaka talablari va namunaviy o‘quv rejalari (1-4 kurs talabalari uchun) Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligining 2015 yil 21-avgustdagi “Oliy ta’lim yo`nalishlari va mutaxassisliklarining Davlat ta’lim standartlari va o`quv rеjalarni tasdiqlash to`g`risida”gi 303-sonli buyrug`i bilan tasdiqlangan. Mazkur DTS va namunaviy o‘quv rejalari asosida barcha ta’lim yo‘nalishi va magistratura mutaxassisliklari uchun ishchi o‘quv rejalar ishlab chiqildi va institut Ilmiy kengashining 2019-yil 30-avgust kuni o‘tkazilgan 1-sonli kengaytirilgan yig‘ilishida tasdiqlangan hamda ta’lim jarayoniga tadbiq etildi.

2019/2020 o‘quv yilida 4- kurs talabalari uchun Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligining  malaka talablari va namunaviy o`quv rеjalari 2016 yil 6 aprеldagi 137- sonli buyrug`i bilan tasdiqlangan namunaviy o`quv rеjalari asosida, 3 kurs talabalari uchun Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligining malaka talablari va namunaviy o`quv rеjalari 2017 yil 24 avgustdagi          603-sonli buyrug`i bilan tasdiqlangan namunaviy o`quv rеjalari asosida, 1-2 kurs talabalari uchun Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligining malaka talablari va namunaviy o`quv rеjalari 2018 yil 25 avgustdagi 744- sonli buyrug`i bilan tasdiqlangan namunaviy o`quv rеjalari asosida 27 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va 17 ta magistratura mutaxassisliklarining har bir fani bo‘yicha yangilangan fan dasturlari va o‘quv-uslubiy majmualar asosida ta’limning yangi axborot va pedagogik texnologiyalarini qo‘llagan holda mashg‘ulotlar olib borilmoqda.

Institutdagi 24 ta kafedralarda 100 % fanlardan to‘liq o‘quv-uslubiy majmualar yangi innovatsion ta’lim texnologiyalari asoslangan holda tayyorlangan holda ARMga joylashtirilgan.
Institut kafedralarida o‘quv jarayoniga kompyuter texnologiyasidan foydalanib pedagogik texnologiyalar asosida ma’ruza va laboratoriya mashg‘ulotlarini o‘tkazish keng yo‘lga qo‘yilgan.
Institutdagi barcha kafedrakarning professor-o`qituvchilari tomonidan insert, breynshtorming, klaster, sinkveyn, keys pinboard, aqliy hujum va boshqa ko‘plab interfaol metodlardan o‘quv jarayonida foydalanishni yo‘lga qo‘yish maqsadida uslubiy seminarlar tashkil etildi. Bu borada olib borilayotgan ishlar institutning San`atshunoslik, O‘zbek tili va adabiyoti, Tarix, Fizika va matematika, Tabiiy fanlar hamda Maktabgacha ba boshlang`ich ta`lim fakultetlarida yaxshi yo‘lga qo‘yilgan.

Moddiy-texnik ta’minot:

Navoiy davlat pedagogika institutida o‘quv binolar soni – 8 ta (quvvati 7500 o‘rin), talabalar turar joyi – 4 ta (quvvati 1230 o‘rin), o‘quv aditoriyalar soni – 245 ta, laboratoriya xonalari soni 9 ta, kompyuter sinflari – 20 ta, sport zallar – 4 ta, ochiq turdagi sport maydonlari – 5 ta, oshxonalar soni – 3 ta, bufetlar soni – 1 tani tashkil etadi. Navoiy davlat pedagogika institutining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, rivojlantirish va eng zamonaviy talablar darajasiga keltirish maqsadida zamonaviy o‘quv va laboratoriya uskunalari, axborot texnologiyalari va kommunikatsiya jihozlari, darsliklar va o‘quv uslubiy materiallar, xususan, elektron axborot-ta’lim resurslari, o‘quv adabiyotlari bilan doimiy ravishda yangilanib borilmoqda. Barcha o‘quv va talabalar turar joy binolari bugungi zamon talablariga mos ravishda zarur jihozlar bilan ta’minlangan. Bundan tashqari institutda kompyuterlar soni – 950 ta, vedioproyektorlar – 135 ta, printerlar soni – 390 ta, infokiosklar soni – 3 ta, Wi-Fi qurilmalar soni – 85 ta, elektron doskalar soni – 35 ta.

INSTITUT KO`RSATGICHLARI

0
Jami ta'lim oluvchilar
0
Kunduzgi bo’limida (bakavrlar)
0
Sartqi bo’limida (bakavrlar)
0
Kechgi bo’limida (bakavrlar)
0
Magistrantlar