loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

FIZIKA -TEXNOLOGIK TA’LIM FAKULTETI

F.I.O.Kamolov Ixtiyor Ramazonovich
LavozimiFakultet dekani
Ilmiy darajasi va unvonit.f.n. professor
Telefon+998 79 225-38-35
E-mailinfo@nspi.uz
F.I.O.Kanatbayev Sagidat Saduovich
LavozimiO`quv ishlari bo`yicha dekan muovini
Ilmiy darajasi va unvoniClosed
Telefon+998 79 225-38-35, +99897 228-09-56
E-mailkanatbayev_sgd@umail.uz
F.I.O.Shamsiyev Mahkam Sultonovich
LavozimiYoshlar bilan ishlash bo`yicha dekan muovini
Ilmiy darajasi va unvoniClosed
Telefon+998 79 225-38-35
E-mailinfo@nspi.uz

Fakultet haqida

Fakultet kafedralari:

1. Fizika va astronomiya kafedrasi
2.Texnologik ta’lim kafedrasi

Fakultetning bakalavriatura yo’nalishlari:

60110700 – Fizika va astronomiya
60112300 – Texnologik ta’lim

Fakultetning magistratura mutaxassisliklari:

70110701 – Aniq va tabiiy fanlar o’qitish metodikasi (Fizika va astronomiya)
70112301 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (Texnologik ta’lim)

Professor - o`qituvchilar soni28
FAN DOKTORI, PROFESSORLAR5
FAN NOMZODI, DOTSENTLAR11
KATTA O’QITUVCHI VA ASSISTENT O`QITUVCHILAR12
FAKULTET BO‘YICHA ILMIY SALOHIYAT57%

TA'LIM OLAYOTGANLAR

0
Magistrantlar soni
0
Bakalavrlar soni
0
Davlat granti asosida
0
Shartnoma asosida
Fakultet haqida
Ilmiy ishlar
Ma’naviy-ma’rifiy ishlar
Iqtidorli talabalar

Fakultet 2021 yil 21 sentabrda tashkil etildi. Fakultet tarkibida Fizika va astronomiya hamda Texnologik ta’lim kafedralari mavjud. Professor-o’qituvchilar soni 28 nafar. Shundan 16 nafari ilmiy salohiyatga ega, ya’ni 57%. Fakultet binosining umumiy sig‘imi 720 o‘rinli, o‘quv mashg‘ulotlari 2 smenada tashkil etilgan. O‘quv-auditoriyalar soni 18 ta.

Fakultetda o‘quv jarayonini hozirgi zamon talablari doirasida tashkil etishda o‘quv auditoriyalari va o‘qitishning texnik vositalari yetarlicha. Shuningdek, professor-o‘qituvchilar tomonidan fanlar kesimida O‘UM.lar yaratilgan. Qo‘shimcha ravishda ko‘rgazmali vositalar, didaktik materiallar, videoroliklar yaratilgan. Jumladan, 100 ga yaqin kompyuter, 24 ta planshet va 1 ta noutbuk (1 ta kompyuter sinfi), 6 ta videoproyektor, 6 ta elektron doska, 2 ta kodoskop va 2 ta epidoskop mavjud.

2018 yil dekabr va 2019 yilning yanvar oyida davlat dasturi asosida fizika laboratoriya xonalari 192000 evrolik laboratoriya jihozlari Germaniyadan olib kelingan. Jihozlar 2 ta yangi laboratoriya xonalariga o‘rnatilgan. Laboratoriyalar soni 39 ta.

Namunaviy o‘quv reja va namunaviy fan dasturlari asosida ta’lim yo‘nalishlari uchun adabiyotlar mavjud. Jumladan, 2019 yilda Fizika-astronomiya kafedrasi professor-o‘qituvchilari B.Izbosarov, I.Kamolov, B.Bisenova, D.Kamolova va S.Kanatbaevlar tomonidan 3ta darslik, B.Xushvaqtov va Sh.B. Ochilovlar tomonidan bittadan o‘quv qo‘llanma, 2020 yilda A.K.Qutbedinov, Sh.O.Toshpo’latova, N.Azzamovalar tomonidan 1ta o‘quv qo‘llanma, 2021 yilda A.K.Qutbedinov, Sh.O.Toshpo’latova, I.Kamolovlar tomonidan 1ta darslik, Sh.O.Toshpo’latova va G.Kuralovalar tomonidan 1 ta o‘quv qo‘llanma, B.Izbosarov, I.Kamolov, A.A.Axmedov, D.Kamolova, G.I.Sayfullayeva, Yu.I.Mavlonovalar tomonidan 2 ta o’quv qo’llanma yaratilgan.2022 yilda ham kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan 6 ta darslik va 4 ta o’quv qo’llanma yaratildi.

Fakultetning 2020-2021- o’quv yilida bitiruvchi kurs talabalari 100 nafar, 2021/22-o’quv yilida 117 nafar, 2022/23-o’quv yilida 221 nafar bo’lib, shundan 4 va 5 baholarda o’qiyotgan  talabalarga bitiruv malakaviy ishi bajartirilgan. Hozirgi kunda talabalar BMI uchun amaliy ishlarini bajarmoqdalar, pedagogik amaliyotda bitiruv malakaviy ishlarini tugatib, tajriba sinov ishlarini amalga oshirishda davom etadilar.

2023 yilda Texnologik ta’lim kafedrasi moddiy texnik bazasini mustahkamlash maqsadida Osiyo taraqqiyot banki tomonidan laboratoriya jihozlari olib kelindi.

1. Axmedov A.A., Kamolova D. I.lar tomonidan 2022 yilda fan doktori ilmiy darajasini olish dissertatsiyalar himoya qilindi. 2022 yilda Qutbedinov A.K. “professor” ilmniy unvonini oldi. Shuningdek, 2023 yilda Xalilov Sh.E. tomonidan fizika-matematika fanlari bo’yicha falsafa doktori ilmiy darajasini oliosh uchun dissertatsiya muvaffaqiyatli himoya qilindi. 2023 yilda Ochilov Sh.B., Xushvaqtov B.N., Sayfullayeva G.I.lfr “dotsent” ilmiy unvonini olishdi..
2. 2019 yilda Kamolova D.I., Sh.Toshpo‘latova, U.Bekpo‘latovlar falsafa doktori dissertatsiyasini himoya qilishdi.
3. 2019 yilda I.R.Kamolov “professor” ilmiy unvonini oldi.
4. 2020 yilda B.F.Izbosarov “professor” ilmiy unvonini oldi.
5. 2021 yilda Xushvaqtov B., Ochilov Sh., G. Sayfullayevalar falsafa doktori dissertatsiyasini himoya qilishdi.
6. 2021 yilda Kamolova D.I., Sh.Toshpo‘latova, U.Bekpo‘latov, B.Bisenova, S.Kanatbaevlar “dotsent” ilmiy unvonlarini olishdi
7. 2021 yilda A.A.Axmedov va I.R.Kamolovlar Turon FAning akademigi ilmiy unvonini oldilar.
Qolgan professor-o‘qituvchilar ham ilmiy izlanishlarini olib bormoqdalar. Maqola va tezislar chop etmoqdalar.
2018/2019-o‘quv yilida Fizika-astronomiya kafedrasi professor-o‘qituvchi va magistrlari tomonidan 2 ta, 2020 yilda 1 ta, 2021 yilda 6 ta elektron o‘quv qo‘llanma uchun dasturiy mahsulotlar sifatida davlat patenti olishgan. Fakultet kafedralarida oxirgi 3 yilda jami 43 ta maqola OAK e’tirof etgan mahalliy va xorijiy jurnallarda chop etilgan.

 Fakultetda ma’naviy-ma’rifiy ishlar rejasi mavjud bo‘lib, institut yoshlar bilan ishlash ishlari bo‘yicha prorektor tomonidan tasdiqlangan shu asosida o‘qituvchi-murabbiylar haftaning har juma kunlari “Axborot” soatini namunali tashkil etilgan va guruh jurnallariga murabbiylar tomonidan qayd qilingan. Bundan tashqari, ko‘plab tadbirlar tashkil qilingan. Jumladan, Mustaqillik kuniga, O‘qituvchi va murabbiylar kuniga, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga, Ota-onalar yig‘ilishi, Ichki ishlar xodimlari bilan hamkorlikda “Diniy ekstremizm va terrorizm-yoshlar kelajagiga tahdid”, tibbiyot xodimlari bilan hamkorlikda “Giyohvand vositalarining yoshlar tarbiyasiga salbiy ta’siri”, “Grippdan ehtiyot bo‘ling” mavzusida, “Quvnoqlar va zukkolar”, sport tadbirlari va boshqa bir qator tadbirlar tashkil etilgan va fakultet talaba va professor-o‘qituvchilari faol ishtirok etishgan.
Hozirda fakultetda kunduzgi va kechki ta’lim yo’nalishlarda 674 nafar talaba tahsil oladi, shulardan 38 nafari talabalar yotoqxonasida yashaydi, 492 nafari ijara va yaqin qarindoshlari uyida yashaydi, 144 nafari o‘z uyida istiqomat qiladi. Institut ma’muriyati tomonidan belgilangan reja asosida talabalar yotoqxonasida va o‘quv binosida kecha-kunduz navbatchiliklar tashkil qilingan.
Ijarada yashayotgan talabalar ahvolidan doimiy ravishda xabardor bo‘lib turiladi, ijara manzillari, albomlar tayyorlanib, institut “Ma’naviyat va ma’rifat” bo‘limiga taqdim qilingan.

1. Botirova Noiba – 2020 yil Respublika fan olimpiadasi g’olibi
2. Sa’dullayeva Muxlisa – 2020 yil Respublika fan olimpiadasi g’olibi
3. Mansurova Shabnam – 2020 yil Respublika fan olimpiadasi g’olibi
4. Ismatov Asqar – 2020 yil Respublika fan olimpiadasi sovrindori
5. Ubaydullayev Sardor – 2020 yil Respublika fan olimpiadasi sovrindori
6. Hasanov Elbek – 2020 yil Respublika fan olimpiadasi sovrindori
7. Ravshanova Saodat – 2021 yil Respublika fan olimpiadasi g’olibi
8. Mirzaqandova Sohibjamol – 2021 yil Respublika fan olimpiadasi sovrindori
9. Ergasheva Durdona – 2021 yil Respublika fan olimpiadasi sovrindori
10. Mirzaqandova Sohibjamol – 2023 yil .Respublika fan olimpiadasi g’olibi
11. Mansurova Shabnam – 2020 yil I.Karimov nomli davlat stipendiyasi sohibasi
12. Mirzaqandova Sohibjamol – 2021 yil . A.Navoiy nomli davlat stipendiyasi sohibasi
13 Ibragimova Nigora – 2021 yil . I.Karimov nomli davlat stipendiyasi sohibasi
14. Namozova Nilufar – 2022 yil . I.Karimov nomli davlat stipendiyasi sohibasi
15. Rashidova Nilufar – 2023 yil . A.Navoiy nomli davlat stipendiyasi sohibasi

TALABALAR SONI

0
Akademik guruhlar
0
Ozbek guruhlarda
0
Rus guruhlarda
0
Qozoq guruhlarda

Fakultet yangiliklari