Xabaringiz bor, institutimizda faoliyat olib borayotgan professor-o‘qituvchilar va ishchi xodimlar o‘rtasida futbol bo‘yicha “Rektor kubogi” musoboqalari davom etmoqda. Turnirda “Fizika-texnologiya” fakulteti jamoasi ham yarim final bahslariga chiqish uchun g‘alabali seriyasini davom ettirmoqda. “Hindiston va O‘zbekiston milliy terma jamoalarining o‘zaro o‘rtoqlik uchrashuvidan keyin dunyoning turli mamlakatlaridagi futbol manbalari ushbu uchrashuvlar va unda o‘zini ko‘rsatgan o‘yinchilar haqida o‘z fikr-mulohaza va tahlillari bilan o‘rtoqlashmoqda. Masalan, Abbosbek Fayzullayev – Osiyoning yangi yulduzi, u o‘zbek futbolining kelajagini ko‘rsatmoqda. O‘zbekiston futboli keyingi yillarda rivojlanish jihatidan Janubiy Koreya, Yaponiya, Avstraliya, Qatar bilan raqobatlashish darajasiga ko‘tarildi. Ayniqsa, mamlakatingizni o‘smirlar va yoshlar terma jamoalari nafaqat qit’ada, balki jahonda ham eng kuchlilaridan biri sifatida tan olinmoqda. Bularning barchasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning futbolga bo‘lgan juda katta e’tiborlaridan darak beradi… Institutingizda o‘tkazilayotgan “Rektor kubogi” musoboqalarida xorijlik pedagog sifatida ishtirok etayotganligimdan juda ham xursandman. Bizdagi ta’lim muassasalarida ustoz murabbiylar o‘rtasidagi bu kabi sport o‘yinlari ko‘p o‘tkazilmaydi. Yashirmayman, to‘g‘risi juda ko‘p davlatlarda ishlaganman, birinchi marta professor-o‘qituvchilar o‘rtasidagi futbol o‘yinlarida ishtirok etayapman, mazza qilib to‘p tepdim, institut rahbariyatiga professor-o‘qituvchilar va ishchi xodimlargа bo‘lgan juda katta e’tibor uchun o‘z minnatdorchiligimni bildirib qolaman..”-dedi Hindistonlik doktor D.Rao.