loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

KITOB VA HAYOT ENG YAHSHI USTOZLARDIR

  Kitob mutolaa qilishning foydasi judaham katta . Kitoblar doimo bizga o‘zimiz tasavvur ham qilolmaydigan fikrlarni bergan . Inson ongi doimo kitoblar orqali boyib kelgan .Kitob va hayot eng yahshi ustozlardir. Aynan shu tufayli insonlar barcha davrlarda kitoblarni sevib o‘qib kelishgan. O‘z hayoti davomida har kim moddiy yuksalishi mumkin , ammo ma’naviy yuksalish insonlardan ko‘p narsalarni anglab yetishni , bizga berilgan hayotning asl ma’no -mohiyatini tushuna olishni talab etadi. 2024-yil 8-oktabr kuni “Fizika-texnologiya” fakulteti dekanati tomonidan 3-sonli talabalar turar joyida taniqli adib O‘tkir Hoshimovning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi. Talabalar ishtirokida O‘tkir Hoshimov qalamiga mansub asarlar yuzasidan viktorina savol-javoblari o‘tkazildi va faol ishtirok etgan talabalar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.