loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

XORIJLIK USTOZLARNI LOL QOLDIRGAN SPORT MUSOBAQALARI

 Avval xabar berganimizdek, NavDPIda professor-o‘qituvchi va ishchi-xodim xotin-qizlar o‘rtasida voleybol sport turi bo‘yicha “Rektor kubogi” musoboqalari o‘tkazilgan edi. Qiziqarli va murosasiz o‘tgan bellashuvlarda ishtirok etgan “Fizika-texnologiya” fakulteti jamoasi a’zolari dekanat tomonidan munosib taqdirlandi. “Quvonarlisi, institutimizda sportni rivojlantirishga berilayotgan e’tibor tufayli sohadagi yutuqlari salmog‘i ham ortib bormoqda. Fakultet xotin-qizlarini ushbu bahslardagi ishtiroki va bugungi taqdirlash, jamoani keyingi o‘yinlardagi natijalarini bundanda yuqori bo‘lishiga zamin bo‘ladi deb uylayman…”- dedi dots. T.O‘tapov. Taqdirlash marosimda talabalar va ustoz-murabbiylar ishtirok etib jamoaning keyingi sport musoboqalariga omadlar tiladilar. “Institut talabalarning mana shu bir oy ichida sport sohasida erishayotgan muvaffaqiyatlarini ko‘rib lol qoldim. Yoshlarni e’tirof etish bilan birga jamoanining, professor-o‘qituvchi va ishchi-xodim xotin-qizlar o‘rtasidagi musoboqada ishtirok etganliklari va institut rahbariyati hamda fakultet dekanatining ularga bo‘lgan e’tiborlari tahsinga loyiq…”-dedi Hindistonlik doktor D.Rao.