Mamlakatimizda xotin-qizlarni ixtirochilik va tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilish, intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilishda ko’maklashish, tadbirkorlik faoliyatiga innovatsion yondashuvni joriy qilish kabi masalalarga alohida etibor qaratilmoqda. Ilm-fan sohasida faoliyat olib borayotgan xotin-qizlarning innovatsiya, startap, ixtirochilik hamda ratsionalizatorlik faoliyatini rag’batlantirish maqsadida mamlakatimizning barcha hududlarida bo‘lgani kabi Navoiy davlat pedagogika instituti Fizika-texnologiya va Matematika-informatika fakultetlarida ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasidagi talaba va ustozlarni jamlagan innovatsiyalar haftaligi bo‘lib o‘tmoqda.