loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Ezgulik yo‘lida tolmang uztozim!

  Ustoz bamisoli bog‘bon. Ustoz-yo‘l ko‘rsatuvchi erkin yulduz. Murabbiy, bu- axloq odob, insoniylik bo‘yicha ta’lim va tarbiya beruvchidir.  U yosh avlodga ilm fan asoslarini o‘rgatadi, ularga ta’lim tarbiya beradi, zamonamizning har tomonlama barkamol kishilarni yetishtiradi. Ustoz – murabbiy, o‘quvchi – shogird uchun misoli ko‘zgu, o‘quvchi o‘sha ko‘zguga boqib o‘z aksini ko‘radi va qiyofasini to‘g‘irlab boradi. Navoiy shahar “Janubiy”  MFY hududida joylashgan, NKMKga qarashli kutubxonada  “Fizika-texnologiya” fakulteti talabalari ishtirokida sana munosabati bilan “Ezgulik yo‘lida tolmang, uztozim” shiori ostida bayram tadbiri o‘tkazildi. Тalabalar tomonidan tayyyorlangan ustozlarga bag‘ishlangan qasidalar, ona, ona Vatan to‘g‘risidagi qo‘shiqlar yangradi. Savol-javob tarzida o‘tgan kecha juda ko‘tarinki ruhda o‘tdi.