All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Qoraqalpoq davlat universiteti professorlari bilan uchrashuv

 Qoraqalpoq davlat universiteti professorlari Navoiy davlat pedagogika institutida bo‘ldilar. Tashrif avvalida NavDPI rektori, professor B.Sobirov adabiyotshunos olim, professor Q.Orazimbetov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, shoir B.Genjemuratov, QDU Qoraqalpoq filologiyasi va jurnalistika fakulteti dekani Q.Turdibaevlar bilan uchrashib, oliygohlar o‘rtasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildilar.

So‘ngra O‘zbek tili va adabiyoti, Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakultetlarida tahsil olayotgan Qoraqalpog’istonlik talaba yoshlar bilan ilmiy, adabiy-ma’rifiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Mehmonlar Qoraqalpoq tili va adabiyoti ta’lim yo‘nalishi talabalariga mutaxassislik fanlaridan ma’ruzalar o‘qidi. Shuningdek, Qoraqalpoq tilining o‘ziga xos jozibaga egaligi yana bir bor o‘z isbotini topdi.