loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Alisher Navoiy xalqparvar va mehr-saxovat sohibi

Navoiy davlat pedagogika institutida Oʻzbek tili va adabiyoti fakulteti va “Alisher Navoiy nodir merosini targ’ibot markazi” jamoat birlashmasi hamkorlikda Mir Alisher Navoiy tavaluddining 583-yilligi munosabati bilan “Mir Alisher Navoiy xalqparvar va mehr-saxovat sohibi” nomli ilmiy-amaliy seminar tashkil etildi.

Unda Navoiy davlat pedagogika instituti rektori, professor Bahodir Sobirov, “Mahalla” xayriya jamoat fondi Navoiy viloyat boʻlimi raisi Faxriddin Soliyevlar ishtirok etib, Navoiyning mexr-saxovat borasidagi faoliyati haqida tushunchalar berildi. Shuningdek, Navoiyshunos olimlar va talabalarning ma’ruzalari tinglandi.

 

Аnjumanda 50ga yaqin ilmiy maqolalar talabalar tomonidan taqdim etilgan bo‘lib, eng yaxshi yozilgan tadqiqot mualliflari munosib taqdirlandi. Tadbirda fakultet rahbariyati, professor-oʻqituvchilar, tyutorlar va talaba-yoshlar ishtirok etdi.