loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

“ZULFIYAXONIM – VAFO VA SADOQAT TIMSOLI”

 Har yili bahorning ilk kunida taniqli davlat va jamoat arbobi, sadoqat va vafo kuychisi, O‘zbekiston xalq shoirasi Zulfiya Isroilovaning tavallud kuni keng nishonlanadi. Institutning O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti professor-o‘qituvchilari va talabalari  Zulfiyaxonim tavalludiga 109 yil to‘lishi munosabati bilan shoira ijodiga bag’ishlangan ilmiy-amaliy seminari bo‘lib o‘tdi.

Unda Zulfiya she’riyatining Adabiyotshunoslik va Tilshunoslik fanlarida hali tadqiq etilmagan badiiy va lingvistik xususiyatlari haqida gapirildi. Tadbir davomida shoiraning she’rlaridan namunalar ijro etildi.