All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Home Page

O‘ZBEK TILI – MILLAT G‘URURI!

   Joriy yilning 17-oktabr kuni Navoiy davlat pedagogika instituti Jismoniy madaniyat fakultetida 21-oktabr O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan «O‘zbek tili millat g‘ururi» mavzusida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. Unda O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti o‘qituvchilari Q.Bozorov, E.Boymonov, Jismoniy madaniyat fakulteti dekan o‘rinbosari va kafedra mudiri N.Umarov, S.Haydarov hamda fakultet tyutorlari tomonidan ma’ruzalar […]

NAVDPI JAMOASI “IJTIMOIY SOHA KUBOGI-2023“ MUSOBAQASIDA G’ALABA QOZONDI

 Karmana tumani «Ishonch» oromgohida Navoiy viloyati hokimligi, viloyat Yoshlar siyosati va sport bosh boshqarmasi, viloyat Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi hamda tegishli tashkilotlar hamkorligida ijtimoiy soha davlat idora, korxona va tashkilot xodimlari o‘rtasida sportning mini-futbol turi bo‘yicha an’anaviy “Ijtimoiy soha kubogi-2023“ musobaqasi o‘tkazildi. Shiddatli va murosasiz kechgan bahslarda jamoalar quyidagi oʻrinlarni egalladi. 1-o‘rin NavDPI […]

NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIDA “OTA-ONALAR KONGRESSI“ DAVOM ETMOQDA

   Navoiy davlat pedagogika instituti bir necha  fakultetlarida ota-onalar kongressi bo‘lib o‘tdi. Unda talabalarning darsdan bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishda olib borilayotgan ishlar, “Odob-axloq kodeksi”, kredit-modul tizimi, huquqbuzarlik, korrupsiya, firibgarlik, giyohvandlik, diniy ekstremizm va terrorizm, kiberxavfsizlik va boshqa shu kabi dolzarb masalalar bo‘yicha foydali ma’lumotlar berildi. Ishtirokchilar tomonidan berilgan barcha savollarga batafsil javob berildi. Uchrashuv […]

PEDAGOGIKA FANLARI NOMZODI, DOTSENT HIKMATULLO BOBOMIRZAYEV 80 YOSHGA TOʻLDI

  Qaryib 60 yillik mehnat faoliyatini taʼlimga bagʻishlagan faxriy pedagog, koʻp yillar yoshlarga oʻzining bilim va koʻnikmalarini ulashgan, oʻquvchi va talaba-yoshlarga taʼlim-tarbiya bergan ustoz, NavDPI Pedagogika va psixologiya kafedrasi dotsenti Hikmatullo Bobomirzayev  muborak 80 yoshni qarshiladilar.  NavDPIda ustoz tavalludiga bagʻishlab maʼnaviy-badiiy kecha oʻtkazildi. Tadbir avvalida institut rektori Bahodir Sobirovning tabrigini birinchi prorektor X.Qurbonov o‘qib eshittirdi. […]

MDH YETAKCHILAR XALQARO ILMIY-AMALIY KO’RIK TANLOVI BO‘LIB O‘TDI

  Joriy yilning 14-oktabr kuni Toshkent shahrida «Scientific Publication» ilmiy matbuot markazi, «Best Publication ilmiy tadqiqotlar markazi» va «Scientific Academy» tomonidan tashkil etilgan «MDH YETAKCHILARI» xalqaro ilmiy-amaliy ko’rik tanlov bo’lib o’tdi.  Unda Navoiy davlat pedagogika instituti, Matematika-informatika fakulteti 4-bosqich talabasi  Gulchehra Boboxolova «Innavotive approach of mathematical modeling of learning processes as an control object» mavzusidagi ilmiy maqolasi […]

«Delfi – 2023» XVII xalqaro o’yinlari bo’lib o’tdi  

 Joriy yilning 8-10-oktabr kunlari Qirg’iziston Respublikasi Bishkek shahrida bo’lib o’tgan «Delfi – 2023» XVII xalqaro o’yinlari bo’lib o’tdi. MDHga a’zo mamlakatlar yoshlari o‘rtasida madaniyat va san’at yo‘nalishidagi munosabatlarni rivojlantirish, yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan mazkur xalqaro tanlovda O‘zbekiston, Armaniston, Ozarbayjon, Turkmaniston, Tojikiston, Rossiya davlatlaridan kelgan 600 ga yaqin yosh ijodkorlar ishtirok etishdi. Ushbu xalqaro  […]

YOSH IZLANUVCHI, IQTIDORLI TALABA- QIZLAR NOMLI TADBIR BO‘LIB O‘TDI

  Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining voyaga yetmaganlar, xususan, qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishni taʼminlash, liderlik xususiyatlarini rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash maqsadida 11-oktyabr “Xalqaro qizlar” kuni munosabati bilan “Qizlar – millat tayanchi” shiori ostida “Qizlarjon” klubining Respublika forumi doirasida “Yosh izlanuvchi, iqtidorli talaba-qizlar” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbir dasturida San’atshunoslik, O‘zbek tili […]

TALABALAR SHOU KONSERTI DASTURI BOLIB O’TDI

   Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 9-avgustdagi 351-sonli buyrug‘i asosida Navoiy davlat pedagogika institutining 2023/2024-o‘quv yili davomida o‘tkaziladigan tadbirlarning kalendar rejasi 27 bandiga muvofiq, 3-TTJda 10-oktabr kuni o‘tkazilgan “Talabalar shou” konsert dasturi yoshlar uchun maroqli tadbir bo‘ldi. Unda “Fizika-texnologiya” fakultetining “Yosh talantlar” jamoasi ijrosidagi sahna ko‘rinishlari hamda qo‘shiqlari barchaga bayramona kayfiyat ulashdi. […]

Profilaktik va targ’ibot tadbirlari  fakultetlarda o‘tkazildi

 NavDPI Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat“ tizimini boshqarish bo‘limi bosh mutaxassisi A.Tojiyev tomonidan Ingliz tili va adabiyoti hamda Fizika-texnologiya fakultetlarning talabalari bilan profilaktik uchrashuv o‘tkazildi. Unda o‘quv jarayonlari, oraliq, yakuniy nazorat ishlarini topshirish bilan bog’liq ta’magirlik va poraxo’rlik kabi korrupsion huquqbuzarliklarga yo‘l qo’ymaslik bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi. Shuningdek, uchrashuvda talabalarga bo‘lim tuzilmasi va faoliyati yaqindan […]

YUGURISH – INSON UCHUN ENG TABIIY VA HAMYONBOP SPORTDIR

  Mutaxassislarning qayd etishicha, keksalik chog‘ida ham baquvvat yurishi uchun hamma atletika bilan shug‘ullanishi shart emas. Shunchaki kundalik jismoniy harakatlar – masalan, katta qadamlar tashlab yurish, sayr qilish yoki yugurish bilan shug‘ullanishga odatlanilsa, kifoya. Tan olamizmi, yo‘qmi jismoniy faollik hayotimizning muhim poydevorlaridan biridir. 18 yoki hech bo‘lmaganda 30 yoshdan boshlangan jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish odati […]