Joriy yilning 17-oktabr kuni Navoiy davlat pedagogika instituti Jismoniy madaniyat fakultetida 21-oktabr O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan «O‘zbek tili millat g‘ururi» mavzusida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. Unda O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti o‘qituvchilari Q.Bozorov, E.Boymonov, Jismoniy madaniyat fakulteti dekan o‘rinbosari va kafedra mudiri N.Umarov, S.Haydarov hamda fakultet tyutorlari tomonidan ma’ruzalar qilindi.
Mutaxassislar tomonidan O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilishi yo‘lida fidokorlik ko‘rsatgan ziyolilar, bugungi kunda davlat tilimizning nufuzini yanada oshirish borasida olib borilayotgan islohotlar, talaba-yoshlarning o‘zbek tiliga hurmatini har jabhada oshirish yuzasidan tegishli ma’lumot va ko‘rsatmalar berildi.