All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

TALABALAR SHOU KONSERTI DASTURI BOLIB O’TDI

   Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 9-avgustdagi 351-sonli buyrug‘i asosida Navoiy davlat pedagogika institutining 2023/2024-o‘quv yili davomida o‘tkaziladigan tadbirlarning kalendar rejasi 27 bandiga muvofiq, 3-TTJda 10-oktabr kuni o‘tkazilgan “Talabalar shou” konsert dasturi yoshlar uchun maroqli tadbir bo‘ldi. Unda “Fizika-texnologiya” fakultetining “Yosh talantlar” jamoasi ijrosidagi sahna ko‘rinishlari hamda qo‘shiqlari barchaga bayramona kayfiyat ulashdi. Konsert dasturining ikkinchi qismi o‘zbek, qozoq, tojik tillarida, talabalar turar joyi yoshlari ijrosidagi mushoira bilan davom etdi.Tadbirda faol ishtirok etgan yoshlar yetakchilari, koordinatorlar, faol talabalar tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. “Bugungi kecha yoshlarni milliy qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbiyalash, ular ongida millatlararo totuvlik va hamjihatlik kabi ezgu g‘oyalarga hurmat hissini shakllantirish hamda talabalarni musiqa, san’at va she’riyat yo‘nalishidagi iste’dodlarini yuzaga chiqarish va ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etildi, bir so‘z bilan aytganda kecha barcha yoshlarimizga manzur bo‘ldi…”- dedi 3-sonli TTJ tarbiyachisi D.Bobonazrova.