All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

«Delfi – 2023» XVII xalqaro o’yinlari bo’lib o’tdi  

 Joriy yilning 8-10-oktabr kunlari Qirg’iziston Respublikasi Bishkek shahrida bo’lib o’tgan «Delfi – 2023» XVII xalqaro o’yinlari bo’lib o’tdi. MDHga a’zo mamlakatlar yoshlari o‘rtasida madaniyat va san’at yo‘nalishidagi munosabatlarni rivojlantirish, yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan mazkur xalqaro tanlovda O‘zbekiston, Armaniston, Ozarbayjon, Turkmaniston, Tojikiston, Rossiya davlatlaridan kelgan 600 ga yaqin yosh ijodkorlar ishtirok etishdi.

Ushbu xalqaro  tanlovda Navoiy davlat pedagogika instituti talabasi Shokirjonova  Zarinabonu xalq cholg’ulari yo’nalishida ishtirok etib, faxrli  3 – o‘rinni qo‘lga kiritdi.