Joriy yilning 14-oktabr kuni Toshkent shahrida «Scientific Publication» ilmiy matbuot markazi, «Best Publication ilmiy tadqiqotlar markazi» va «Scientific Academy» tomonidan tashkil etilgan «MDH YETAKCHILARI» xalqaro ilmiy-amaliy ko’rik tanlov bo’lib o’tdi. Unda Navoiy davlat pedagogika instituti, Matematika-informatika fakulteti 4-bosqich talabasi Gulchehra Boboxolova «Innavotive approach of mathematical modeling of learning processes as an control object» mavzusidagi ilmiy maqolasi bilan xalqaro ilmiy-amaliy ko’rik tanlovida qatnashib esdalik ko‘krak nishoni va maxsus guvohnoma bilan taqdirlandi.