Navoiy davlat pedagogika instituti bir necha fakultetlarida ota-onalar kongressi bo‘lib o‘tdi. Unda talabalarning darsdan bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishda olib borilayotgan ishlar, “Odob-axloq kodeksi”, kredit-modul tizimi, huquqbuzarlik, korrupsiya, firibgarlik, giyohvandlik, diniy ekstremizm va terrorizm, kiberxavfsizlik va boshqa shu kabi dolzarb masalalar bo‘yicha foydali ma’lumotlar berildi. Ishtirokchilar tomonidan berilgan barcha savollarga batafsil javob berildi.
Uchrashuv yakunida iqtidorli va faol talabalarning ota-onalariga tashakkurnomalar taqdim etildi.