All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

PEDAGOGIKA FANLARI NOMZODI, DOTSENT HIKMATULLO BOBOMIRZAYEV 80 YOSHGA TOʻLDI

  Qaryib 60 yillik mehnat faoliyatini taʼlimga bagʻishlagan faxriy pedagog, koʻp yillar yoshlarga oʻzining bilim va koʻnikmalarini ulashgan, oʻquvchi va talaba-yoshlarga taʼlim-tarbiya bergan ustoz, NavDPI Pedagogika va psixologiya kafedrasi dotsenti Hikmatullo Bobomirzayev  muborak 80 yoshni qarshiladilar.

 NavDPIda ustoz tavalludiga bagʻishlab maʼnaviy-badiiy kecha oʻtkazildi. Tadbir avvalida institut rektori Bahodir Sobirovning tabrigini birinchi prorektor X.Qurbonov o‘qib eshittirdi. Shu bilan birga domlaning hayoti va faoliyatini hamkasblari samimiy fikrlar bilan yod etib, oʻzlarining sovgʻalarini armug’on etdilar.

 

Bir guruh mehmonlar ham oʻzlarining iliq fikrlari bilan oʻrtoqlashib, H.Bobomirzayevni 80 yoshli yubileyi bilan muborakbod etishdi.

Shuningdek, shogirdlari va oila aʼzolarining samimiy tilaklari hamda diltortar kuy-qo‘shiqlar ushbu tadbirga yanada ko‘proq fayz kiritdi.