loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

YUGURISH – INSON UCHUN ENG TABIIY VA HAMYONBOP SPORTDIR

  Mutaxassislarning qayd etishicha, keksalik chog‘ida ham baquvvat yurishi uchun hamma atletika bilan shug‘ullanishi shart emas. Shunchaki kundalik jismoniy harakatlar – masalan, katta qadamlar tashlab yurish, sayr qilish yoki yugurish bilan shug‘ullanishga odatlanilsa, kifoya.

Tan olamizmi, yo‘qmi jismoniy faollik hayotimizning muhim poydevorlaridan biridir. 18 yoki hech bo‘lmaganda 30 yoshdan boshlangan jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish odati kishining keyingi umrini sog‘lom o‘tkazishini ta’minlaydi.

Navoiy davlat pedagogika institutida ham yoshlarni ommaviy sportga keng jalb qilish, ommaviy sport tadbirlarini muntazam tashkil etish bo‘yicha aniq ishlar yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, bu borada  institutimizda turli sport tadbirlar o‘tkazilmoqda. Bugungi “Yengil atletika” bahslarida “Fizika-texnologiya” fakultetining yoshlar jamoasi munosib ishtirok etib faxrli 3-o‘rinni egallashdi. “Yugurish – inson uchun eng tabiiy va hamyonbop sportdir. Yugurish uchun maxsus jixoz yoki maxsus joy kerak emas. Uning sogʻliq uchun foydasi behisobdir. Bugun ishtiyoq bilan yugirayotgan yoshlar va ularning safi oshib borayotganligi biz uchun quvonarli albatta. Sportchilar qatorida  havaskor yoshlarning ishtirok etib, faxrli o‘rinlarni egallashi katta natija hisoblanadi”-dedi “Jismoniy madaniyat” fakulteti dekani, dots. A.Nurullayev.