All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Profilaktik va targ’ibot tadbirlari  fakultetlarda o‘tkazildi

 NavDPI Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat“ tizimini boshqarish bo‘limi bosh mutaxassisi A.Tojiyev tomonidan Ingliz tili va adabiyoti hamda Fizika-texnologiya fakultetlarning talabalari bilan profilaktik uchrashuv o‘tkazildi.

Unda o‘quv jarayonlari, oraliq, yakuniy nazorat ishlarini topshirish bilan bog’liq ta’magirlik va poraxo’rlik kabi korrupsion huquqbuzarliklarga yo‘l qo’ymaslik bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.

Shuningdek, uchrashuvda talabalarga bo‘lim tuzilmasi va faoliyati yaqindan tanishtirilib, amalga oshirilayotgan ishlar, loyihalar haqida ma’lumotlar berildi. Xususan, bo‘lim tomonidan anonim murojaatlar uchun telegram-bot (@NavDPI_anticor_bot), har bir fakultetga o‘rnatilgan “Adolat“ qutilari hamda bo‘limning “Talaba-yoshlar“ klubi faoliyati to‘g’risida to‘xtalib o‘tildi.