All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

NAVDPI JAMOASI “IJTIMOIY SOHA KUBOGI-2023“ MUSOBAQASIDA G’ALABA QOZONDI

 Karmana tumani «Ishonch» oromgohida Navoiy viloyati hokimligi, viloyat Yoshlar siyosati va sport bosh boshqarmasi, viloyat Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi hamda tegishli tashkilotlar hamkorligida ijtimoiy soha davlat idora, korxona va tashkilot xodimlari o‘rtasida sportning mini-futbol turi bo‘yicha an’anaviy “Ijtimoiy soha kubogi-2023“ musobaqasi o‘tkazildi.

Shiddatli va murosasiz kechgan bahslarda jamoalar quyidagi oʻrinlarni egalladi.

  • 1-o‘rin NavDPI jamoasi;
  • 2-o‘rin viloyat Ma’naviyat va ma’rifat boʻlimi jamoasi;
  • 3-o‘rin viloyat Yoshlar siyosati va sport bosh boshqarmasi jamoasi.

Shuningdek, “Eng yaxshi darvozabon“, “Eng yaxshi himoyachi“ va “Eng yaxshi toʻpurar“ nominatsiyalari boʻyicha ishtirokchilar taqdirlandi. Jamoalar tashakkurnoma, diplom va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanishdi.

Ushbu g’alaba bilan terma jamoamiz a’zolarini tabriklaymiz!