All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Rus va qozoq filologiyasi fakulteti

F.I.O.SHAMSIYEVA DILOROM MARDONOVNA
LavozimiFakultet dekani
Ilmiy darajasi va unvoniPedagogika fanlari bo`yicha PhD
Telefon+998 79 220-15-84
E-mailinfo@nspi.uz
F.I.O.Siddiqov G'iyos Yusufovich
LavozimiO`quv ishlari bo`yicha dekan muovini
Ilmiy darajasi va unvoniClosed
Telefon+99890-731-40-28
E-mailsidiqov20152007@yahoo.fr
F.I.O.Aliyev Farxod Ziyodullaevich
LavozimiMa`naviyat ishlari bo`yicha dekan muovini
Ilmiy darajasi va unvoniClosed
Telefon+998 79 225-19-30
E-mailinfo@nspi.uz

Fakultet haqida

Fakultetning bakalavriatura yo’nalishlari:

60111500 – Ona tili va adabiyoti (Rus tili va adabiyoti)
60111500 – Ona tili va adabiyoti (Qozoq tili va adabiyoti)
60111701 – O’zga tilli guruhlarda rus tili

Fakultetning magistratura mutaxassisliklari:

70111501 – Ona tili va adabiyoti (Rus tili va adabiyoti)

Professor - o`qituvchilar soni38
FAN DOKTORI, PROFESSORLAR1
FAN NOMZODI, DOTSENTLAR7
KATTA O’QITUVCHI VA ASSISTENT O`QITUVCHILAR18
FAKULTET BO‘YICHA ILMIY SALOHIYAT24 %

TA'LIM OLAYOTGANLAR

0
Magistrantlar soni
0
Bakalavrlar soni
0
Davlat granti asosida
0
Shartnoma asosida
Fakultet haqida
Ilmiy ishlar
Ma’naviy-ma’rifiy ishlar
Iqtidorli talabalar

Chet tillar fakulteti 1997-yilda “Oʻzbek tili va tarix fakulteti” negizida tashkil etilgan boʻlib, institutdagi eng faol va oʻz oʻrniga ega boʻlgan dastlabki fakultetlardan biri hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 28-fevraldagi Farmoni bilan Nizomiy nomli Toshkent davlat pedagogika institutining Navoiy filialiga Navoiy davlat pedagogika instituti maqomi berildi. Chet tillar fakulteti Navoiy davlat pedagogika instituti kengashining 1997-yil 28-iyuldagi 12-sonli qarori asosida tashkil etilgan boʻlib, dastlab fakultetni f.f.d., professor T.J.Yusupov, 1998-1999-yillarda dotsent, f.f.n. R.J.Axmedova, 2000-2004-yillarda f.f.n. F.N.Najmiddinov, 2005-2009-yillarda f.f.n. Oʻ.A.Oripov, 2010-2014-yillarda f.f.n., dotsent Q.D.Toʻxtayeva, 2015-2020-yillarda Z.D. Erdanov, 2020-2022-yillarda dotsent D.M.Shamsiyeva boshqargan. 2022-yil 5 noyabrdan boshlab Chet tillar fakulteti “Rus va qozoq filologiyasi” fakulteti deb nomlanadi. Rus va qozoq filologiyasi fakulteti dotsent, D.M. Shamsiyeva boshaqarib kelmoqda.

Fakultet binosining umumiy sig‘imi 600 o‘rinli bo‘lib, o‘quv mashg‘ulotlari 2 smenada tashkil etilgan. O‘quv-auditoriyalari soni 18 ta. Fakultetda o‘quv jarayonini hozirgi zamon talablari doirasida tashkil etishda o‘quv auditoriyalari va o‘qitishning zamonaviy texnik,  vositalari etarlicha. Shuningdek, professor-o‘qituvchilar tomonidan fanlar kesimida o‘quv-uslubiy majmualar yaratilgan. Qo‘shimcha ravishda ko‘rgazmali vositalar, didaktik materiallar, videoroliklar yaratilgan. Jumladan, 4 ta videoproektor, 4 ta elektron doska mavjud.

Namunaviy o‘quv reja va namunaviy fan dasturlari asosida ta’lim yo‘nalishlari uchun adabiyotlar mavjud. Jumladan, 2019 yilda katta o‘qituvchi, f.f.n. K.N.Kadirov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida «Русский язык для 9 класса»  darsligi chop etildi.

2021 yilda Rus tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti A. X. Raxmonova tomonidan tayyorlangan «Коранические мотивы в русской литературе как явление межкультурной коммуникации» («Rus adabiyotida Qur’on motivlari madaniyatlararo muloqot fenomeni sifatida») monografiyasi i chop etildi.

Ilmiy-tadqiqot mavzularini tasdiqlangan professor-o‘qituvchilar.
1.Oxirgi uch yillikda yillarda Rus tili va adabiyoti kafedrasi professor-o‘qituvchilaridan D.M.Shamsiyeva, N.M Ibragimova., M.G. Aripova, Z.M.Ruziyeva, F.B.Mardonova falsafa doktorlik dissertatsiyasini himoya qildilar. 2023 yilda Rus tili va adabiyoti dotsenti A.X.Raxmanova doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi.
2. Fakultet kafedralarida oxirgi 3 yilda jami 60 dan ortiq maqolalar OAK e’tirof etgan mahalliy va xorijiy jurnallarda chop etilgan. Hozirgi kunda fakultetda 10 ta dotsent, 9 ta kata o‘qituvchi

 Fakultetda ma’naviy-ma’rifiy ishlar rejasi mavjud bo‘lib, institut Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor tomonidan tasdiqlangan shu asosida tyutor-murabbiylar tomonidan “Axborot va murabbiylik” soatlarini namunali tashkil etilgan.Bundan tashqari, ko‘plab tadbirlar tashkil qilingan. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuniga, “1-oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar” kuniga, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga, “14 yanvar vatan himoyachilari kuni”, “8-mart Xalqaro xotin-qizlar” bayramiga, Ota-onalar bilan o‘tkazilgan yig‘ilishlar, Navoiy viloyati va shahri IIB xodimlari bilan muntazam hamkorlikda “Diniy ekstremizm va terrorizm-yoshlar kelajagiga taxdid”, “Korrupsiyasiz-ta’lim”, tibbiyot xodimlari bilan hamkorlikda “Sog‘lom – turmush tarziga amal qilaylik”, “Giyohvandlik umr-zavoli”, “Grippdan ehtiyot bo‘ling” mavzusida, “Quvnoqlar va zukkolar”, “Zakovat” intellektual o‘yinlari, “Talabalar teatri” sport tadbirlari va boshqa bir qator tadbirlar tashkil etilgan va fakultet talaba-yoshlari va professor-o‘qituvchilari faol ishtirok etishgan.
Muhtaram Prezidentimiz Mirziyoev Shavkat Miromonovich tomonidan ilgari surilgan “Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbus” ijrosini ta’minlash maqsadida fakultetda, kitobxonlikni targ‘ib qilish, kompyuter texnalogiyalaridan keng foydalanish, sport, musiqa va san’atning boshqa turlaridan keng foydalangan holda turli xil tanlovlar, tadbirlar muntazam ravishda o‘tkazilmoqda.
Hozirda fakultetda 1234 nafar talaba tahsil oladi, shulardan 38 nafari talabalar turar joyida yashaydi, 850 nafari ijarada yashaydi, 740 nafari o‘z uyida, 24 nafari qarindoshinikida istiqomat qiladi. Rus va qozoq filologiyasi fakultetida 1 nafar chet el fuqarolari ham tahsil oladilar, Institut ma’muriyati tomonidan belgilangan reja asosida talabalar yotoqxonasida va o‘quv binosida kecha-kunduz navbatchiliklar tashkil qilingan.
Ijarada yashayotgan talabalar ahvolidan doimiy ravishda xabardor bo‘lib turiladi, ijara manzillari, albomlar tayyorlanib, institut “Ma’naviyat va ma’rifat” bo‘limiga taqdim qilingan. Rus va qozoq filologiyasi fakultetida talabalar o‘rtasida ijtimoiy-ma’naviy muhit va tartib intizom yaxshi yo‘lga qo‘yilgan.

TALABALAR SONI

0
Akademik guruhlar
0
O'zga tili guruhlarda
0
Rus guruhlarda
0
Qozoq guruhlarda

Fakultet yangiliklari