1. Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi
2. Ingliz tili amaliy kursi kafedrasi
60111800 – Ingliz tili va adabiyoti (o’zb)
60111800 – Ingliz tili va adabiyoti (rus)
70111801 – Xorijiy til va adabiyoti (Ingliz tili va adabiyoti)
Navoiy viloyatida pedagogik kadrlarga boʻlgan ehtiyojni inobatga olib,1983-yil Navoiy shahrida Nizomiy nomli Toshkent davlat pedagogika institutining Navoiy filiali tashkil etilgan. Chet tillar fakulteti 1997-yilda “Oʻzbek tili va tarix fakulteti” negizida tashkil etilgan boʻlib, institutdagi eng faol va oʻz oʻrniga ega boʻlgan dastlabki fakultetlardan biri hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 28-fevraldagi Farmoni bilan Nizomiy nomli Toshkent davlat pedagogika institutining Navoiy filialiga Navoiy davlat pedagogika instituti maqomi berildi. Chet tillar fakulteti Navoiy davlat pedagogika instituti ilmiy kengashining 1997-yil 28-iyuldagi 12-sonli qarori asosida tashkil etilgan boʻlib, dastlab fakultetni f.f.d., professor T.J.Yusupov, 1998-1999-yillarda dotsent, f.f.n. R.J.Axmedova, 2000-2004-yillarda f.f.n. F.N.Najmiddinov, 2005-2009-yillarda f.f.n. Oʻ.A.Oripov, 2010-2014-yillarda f.f.n., dotsent Q.D.Toʻxtaeva, 2015-2020-yillarda Z.D. Erdanovlar boshqargan boʻlib, hamda institut ilmiy kengashining 2021-yil 31-avgustdagi 1-sonli kengashi qarori bilan Chet tillar fakulteti ikkiga boʻlinishi bilan alohida fakultet “Ingliz tili va adabiyoti” boʻlib ajralib chiqdi. 2021-2022- oʻquv yilidan boshlab fakultetni dotsent, f.f.n. I.M.Shodiyev boshaqardi, 2024-yil fevral oyidan prof. Q.D.Toʻxtaeva boshqarib kelmoqda.
Fakultetda hozirgi kunda 3 ta kafedra mavjud boʻlib, “Ingliz tili va adabiyoti”, “Ingliz tili va amaliy kursi”, “Fakultetlararo chet tillar”kafedralari boʻlib ushbu kafedralarda jami 67 nafar professor-oʻqituvchilar ish faoliyatlarin olib borishsa shundan 54 nafari asosiy shtatda ish faoliyatlarin olib borishadi. Fakultetning ilmiy salohiyati 9% tashkil etadi, jumladan fakultetda 1557 nafar talabalar kunduzgi, kechki, magistraturada tahsil oladilar, shundan 1411 nafari qizlar tahsil oladi 146 nafari oʻgʻil bolar tahsil olib kelmoqda. Fakultetda oʻqish jarayoni 3 smenada tashkil etilagan boʻlib, Oʻquv binolarining umumiy quvvati (talaba oʻrni) 990 nafarni tashkil etadi. Fakultetda hozirgi kunda “Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili” taʼlim yoʻnalishi boʻyicha bakalavr hamda magistr pedagog kadrlar tayyorlanmokda. Ingliz tili va adabiyoti fakulteti bugungi kunda respublikamizning etakchi fakultetlaridan biriga, viloyatning ilm-fan, maʼnaviyat va maʼrifat markaziga aylandi. Fakultetda oʻtgan qisqa davrda mamlakat xalq xoʻjaligining koʻplab sohalari, xususan, taʼlim, maʼnaviyat va madaniyat tizimi uchun oliy maʼlumotli malakali pedagog mutaxassislar tayyorlanmoqda. Mustaqillik yillarida fakultetdan yetishib chiqqan pedagoglarning soni 5 mingdan ortiqni tashkil qiladi. Ayni paytda Navoiy davlat pedagogika instituti Ingliz tili va dabiyoti fakulteti tayyorlagan mutaxassislar uzluksiz taʼlim tizimining barcha boʻgʻinlari, oliy, oʻrta maxsus va kasb-hunar taʼlimi sohalarida fidokorona mehnat qilmoqdalar.
2021-2023-yillarda fakultet olim va tadqiqotchilari 5 ta nomzodlik dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qildilar. Faqat shu davrning oʻzida fakultet professor-oʻqituvchilari 6 ta darslik 6 ta monografiya, 10 ta oʻquv qoʻllanmalari va koʻplab boshqa oʻquv adabiyotlari yaratdilar.
Fakultetdagi maʼnaviy-maʼrifiy ishlar 2017-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini ijrosini taʼminlash va Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusdan kelib chiqib amalga oshirilib kelinmoqda. Talabalar boʻsh vaqtlarini samarali oʻtkazish maqsadida “Eng faol kitobxon”, “Quvnoqlar va zukkolar”, “Zakovat”, “Talabalar teatr studiyasi” tanlovlari muntazam oʻtkazib kelinmoqda. Talabalar orasida sport, musiqa va sanʼat taʼlimini rivojlantirish va ommalashtirish maqsadida qator tadbirlar oʻtkazilmoqda. Talabalarda umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish maqsadida fakultet pedagog-xodimlari va talabalari ishtirokida viloyatdagi “Qariyalar uyi”, “Mehribonlik uylari”ga moddiy va maʼnaviy yordam berish tizimi yoʻlga qoʻyilgan. Mamlakatimiz Prezidenti Sh.Mirziyoev tomonidan 2021-yil 19-yanvar kuni boʻlib oʻtgan videoselektorida ilgari surilgan “Bir ziyoli-bir mahallaga maʼnaviy homiy” tamoyili asosida Navoiy shahridagi “Gʻalaba”mahallasiga fakultet professor-oʻqituvchilari biriktirilgan boʻlib ular bilan doimiy hamkorlikda maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazib kelinmoqda.
Fakultetda iqtidorli talabalar bilan samarali ishlash yo’lga qo’yilgan va talabalar turli sohada yuqori natijalarga erishib kelmoqdalar. Muntazam ravishda fakultet talabalari respublika nufuzli tanlovlarida g’oliblikni qo’lga kiritib kelmoqda. 2022-23 o’quv yilida 4-bosqich talabasi Shemchuk Alyona Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori bo’ldi. 2-bosqich talabasi Jalolova Lobar Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sohibasi bo’ldi. 4-bosqich talabasi Hamidova Marjona “Taekvando” sport turi bo’yicha jahon chempioni bo’ldi va 2022 yil NDPIda sport bo’yicha “Yil talabasi” g’olibligini qo’lga kiritgan.
O`zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining matni va musiqasi O`zbekiston Respublikasining 1992 yil 10 dekabrdagi 768-XII-sonli «O`zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to`g`risida»gi Qonuni bilan tasdiqlangan.
O`zbekiston Respublikаsining Dаvlаt mаdhiyasi O`zbekiston Respublikаsi Dаvlаt suverenitetining rаmzidir.
O`zbekiston Respublikаsining Dаvlаt mаdhiyasigа zo`r ehtirom bilаn qаrаsh O`zbekiston Respublikаsi hаr bir fuqаrosining vаtаnpаrvаrlik burchidir.
Mutal Burhonov musiqasi
Abdulla Oripov so’zi
Serquyosh hur o’lkam, elga baxt, najot,
Sen o’zing do’stlarga yo’ldosh, mehribon!
Yashnagay to abad ilmu fan, ijod,
Shuhrating porlasin toki bor jahon!
Naqarot:
Oltin bu vodiylar – jon O’zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug’ xalq qudrati jo’sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!
Bag’ri keng o’zbekning o’chmas iymoni,
Erkin, yosh avlodlar senga zo’r qanot!
Istiqlol mash’ali tinchlik posboni,
Xaqsevar, ona yurt, mangu bo’l obod!
Naqarot:
Oltin bu vodiylar – jon O’zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug’ xalq qudrati jo’sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!
Davlat bayrog`i O`zbekiston Respublikasining 1991 yil 18 noyabrdagi 407-XII-sonli «O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrog`i to`g`risida»gi Qonuni bilan tasdiqlangan.
O`zbekiston Respublikаsining Dаvlаt bаyrog`i O`zbekiston Respublikаsi dаvlаt suverenitetining rаmzidir.
O`zbekiston Respublikаsining Dаvlаt bаyrog`i xаlqаro munosаbаtlаrdа O`zbekiston Respublikаsining timsoli bo`lаdi.
O`zbekiston Respublikаsining Dаvlаt bаyrog`i — bаyroqning butun uzunligi bo`ylаb o`tgаn to`q moviy rаng, oq rаng vа to`q yashil rаngli uchtа endаn tаrkib topgаn to`g`ri to`rtburchаk shаklidаgi mаtodir.
Davlat gerbi O`zbekiston Respublikasining 1992 yil 2 iyuldagi 616-XII-sonli «O`zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to`g`risida»gi Qonuni bilan tasdiqlangan.
O`zbekiston Respublikаsi Dаvlаt gerbi quyidаgi ko`rinishgа egа: tog`lаr, dаryolаr vа so`l tomoni bug`doy boshoqlаridаn, o`ng tomoni esа chаnoqlаri ochilgаn g`o`zа shoxlаridаn iborаt chаmbаrgа o`rаlgаn gullаgаn vodiy uzrа quyosh zаrrin nurlаrini sochib turаdi. Gerbning yuqori qismidа Respublikа hurligining rаmzi sifаtidа sаkkizburchаk tаsvirlаngаn bo`lib, uning ichki qismidа yarim oy vа yulduz tаsvirlаngаn. Gerbning mаrkаzidа bаxt vа erksevаrlik rаmzi — qаnotlаrini yozgаn Humo qushi tаsvirlаngаn. Gerbning pаstki qismidа O`zbekiston Respublikаsi Dаvlаt bаyrog`ini ifodа etuvchi chаmbаr lentаsining bаntidа «O’zbekiston» deb yozib qo`yilgаn.
O`zbekiston Respublikаsi Dаvlаt gerbining rаngli ko`rinishidа: Humo qushi vа dаryolаr — kumush rаngidа; quyosh, boshoqlаr, pаxtа chаnoqlаri vа «O’zbekiston» yozuvi — oltin rаngidа; g`o`zа shoxlаri vа bаrglаri, tog`lаr vа vodiy — yashil rаngdа; chаnoqlаrdаgi pаxtа — oq rаngdа; lentа — O`zbekiston Respublikаsi Dаvlаt bаyrog`ining rаnglаrini аks ettiruvchi uch xil rаngdа; sаkkizburchаk — oltin zаrhаl bilаn hoshiyalаngаn holdа hаvo rаngdа; yarim oy vа yulduzlаr — oq rаngidа tаsvirlаngаn.