All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Home Page

Ota-onalar kongressi

 Tibbiyot fakulteti 1-2-kurs talabalarining ota-onalari bilan uchrashuv oʻtkazildi. Unda avval fakultet rahbariyati, tyutorlari va yoshlar yetakchisi ta’lim muassasadagi o‘zgarishlar, talaba-yoshlarga berilgan keng imkoniyatlar, imtiyozlar to‘g’risida to‘xtalib, talabalarning dars mashg’ulotlarida ishtiroki, odob-axloq kodeksi, institut ichki tartib qoidalari, talabalar yotoqxonalaridagi shart-sharoitlar yuzasidan axborot berishdi.    Ota-onalar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javob qaytarildi. Shundan so‘ng, fakultet talabalari tomonidan […]

GIYOHVANDLIK- UMR ZAVOLI

  NavDPI “Fizika-texnologiya” fakultetida “Giyohvandlik – umr zavoli” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Talaba-yoshlarning istiqbolini, yorqin kelajagini istaydigan har bir o‘quv yurti tarbiya masalasiga jiddiy e’tibor berib, ularni milliy qadriyatlar asosida tarbiyalashi, ular qalbida o‘z xalqi, Vataniga mehr-sadoqat tuyg‘usini kuchaytirishi, ularni xar-xil buzg‘unchi kuchlarning axborot xurujlaridan ogoh etishi, munosib himoya qilishi juda zarurdir. Xalqimiz doimo […]

TALABAMIZ DZYUDO BOʻYICHA OʻZBEKISTON CHEMPIONATI SOVRINDORI BOʻLDI

Shu yilning 16-18-fevral kunlari Buxoro shahrida dzyudo bo‘yicha Oʻzbekiston chempionati boʻlib oʻtdi. Kuchli sportchilar ishtirok etgan musobaqada Navoiy davlat pedagogika instituti Jismoniy madaniyat fakulteti talabasi Gulina Obloqulova 78 kg. vaznda toifasida bronza medalini qoʻlga kiritdi. Malumot uchun, Gulina Obloqulova 3 karra Osiyo chempioni, 3 karra Jahon chempionatida kumush va bronza medallarini qo‘lga kiritgan, shuningdek, Xalqaro […]

BIZ TERRORIZM VA EKSTREMIZMGA QARSHIMIZ

   Talaba-yoshlarning istiqbolini, yorqin kelajagini istaydigan har bir o‘quv yurti tarbiya masalasiga jiddiy e’tibor berib, ularni milliy qadriyatlar asosida tarbiyalashi, ular qalbida o‘z xalqi, Vataniga mehr-sadoqat tuyg‘usini kuchaytirishi, ularni xar-xil buzg‘unchi kuchlarning axborot xurujlaridan ogoh etishi, munosib himoya qilishi juda zarurdir. NavDPI “Fizika-texnologiya” fakultetida “Biz terrorizm va ekstremizmga qarshimiz” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Terrorizm […]

VOLEYBOL O‘YINIGA START BERILDI

  2023/2024- o‘quv yilida ta’lim muassasalarida talaba-yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan kunlik tadbirlar rejasining 14-bandiga muvofiq Navoiy davlat pedagogika institutida 2024-yil mart oyida bo’lib o’tadigan Rektor kubogi uchun Matematika-informatika fakulteti  talaba-yoshlar oʻrtasida sportning Voleybol o‘yinining fakultet saralash bosqichi bo’lib o’tdi.  

Mahorat haftaligi yakunlandi

 Xabaringiz bo‘lganidek, Navoiy davlat pedagogika instituti hamda Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi hamkorligida “Bugungi talaba – ertangi ustoz” mavzusida “master klass” haftaligi o‘tkazildi. Mazkur haftalik 12-fevraldan Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakultetida boshlanib, maktabgacha va maktab ta’limi muassasalarida davom etdi. Bugun, 16-fevral sanasida mazkur haftalikning yopilish marosimi boʻlib oʻtdi. Unda Oʻquv ishlari boʻyicha prorektor […]

IRKUTSK MILLIY TADQIQOT TEXNIKA UNIVERSITETI VAKILLARI INSTITUTDA BOʻLDILAR

 Joriy yilning 15-fevral kuni Rossiya Federatsiyasining Irkutsk milliy tadqiqot texnika universitetining xalqaro faoliyat boʻyicha prorektori Stepan Bikov hamda shu universitetning xalqaro faoliyat direksiyasi rahbari Anna Melentyevalar Navoiy viloyatiga tashrifi chogʻida Navoiy davlat pedagogika institutida boʻldilar.   Oʻquv ishlari boʻyicha prorektor Gʻayrat Yodgorov, Rus tili va adabiyoti kafedrasi mudiri Feruza Jumayevalar bilan uchrashuvda ikkala OTM oʻrtasida […]

JAHOLATGA QARSHI MA’RIFAT

 Hozirgi vaqtda barchamizga ayonki, fikrga qarshi fikr, g‘oyaga qarshi g‘oya, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish har qachongidan ko‘ra muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu maqsadda joriy yilning 16-fevral sanasida NavDPI Matematika-informatika fakultetida “Jholatga qarshi ma’rifat” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Unda Navoiy shahar IIB huzuridagi tergov bo’limi xodimlari Y.Y.Turobov, M.I.Xudoyberdiyev hamda A.Axtamovlar ishtirok etishdi.   Hammamizga […]

Yosh voleybolchilar

Hozirgi kunda voleybol ommaviy sport turiga aylanishga ulgurgan. Dastlab voleybol dam olish va sog‘lom turmush tarzini saqlash uchun o‘yin turi hisoblangan bo‘lsa, XX asrga kelib voleybol oddiy o‘yindan Olimpiya sport turiga aylandi. Voleybol sport turida sportchilarning irodaviy sifatlariga katta talablar qo‘yiladi. Musobaqa jarayonida sportchilar ko‘plab obyektiv va subyektiv qiyinchiliklarga duch keladilar, ularni yengish uchun turli […]

Buyuk shoirni yod etib

 14-fevral Boburiylar sulolasi asoschisi, buyuk sarkarda, shoh va shoir Zaxiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541-yilligi munosabati bilan Tibbiyot fakulteti bosh koordinatori J. Eshonqulov tashabbusi bilan 1-kurs talabalari ishtirokida “Buyuk shoirni yod etib” deb nomlangan adabiy-badiiy tadbir bo’lib otdi. Tadbirni Tibbiyot fakulteti yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari H. Raxmatova ochib, Zaxiriddin Muhammad Boburning hayoti va ijodi […]