All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

BIZ TERRORIZM VA EKSTREMIZMGA QARSHIMIZ

   Talaba-yoshlarning istiqbolini, yorqin kelajagini istaydigan har bir o‘quv yurti tarbiya masalasiga jiddiy e’tibor berib, ularni milliy qadriyatlar asosida tarbiyalashi, ular qalbida o‘z xalqi, Vataniga mehr-sadoqat tuyg‘usini kuchaytirishi, ularni xar-xil buzg‘unchi kuchlarning axborot xurujlaridan ogoh etishi, munosib himoya qilishi juda zarurdir. NavDPI “Fizika-texnologiya” fakultetida “Biz terrorizm va ekstremizmga qarshimiz” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Terrorizm va ekstremizm ma’naviy tahdidlarning bir turi bo‘lib, ular o‘zlari mansub bo‘lgan diniy konfessiya vakillarini radikal harakatlarga chorlovchi, mamlakatdagi tinchlik va osoyishtalikni izdan chiqarishga intiluvchi, mavjud konstitutsion tuzumni ag‘darib tashlashga da’vat etuvchi tajovvuzkor siyosiy faoliyatdir. “Fakultetimizda yoshlarni ilm-ma’rifatli, turli soxalarda yetuk mutaxassis, jismonan barkamol inson bo‘lib yetishishga keng sharoitlar yaratib berilgan. Mazkur imkoniyatlardan to‘la-to‘kis foydalanish, jamiyat va davlat uchun fidokor shaxs bo‘lish xar bir yoshning burchidir. Buning uchun esa, ular avvalo, dunyoviy va kasb fanlarini chuqur o‘zlashtirish, shuningdek, o‘zbek xalqining mexnatsevarlik, oilani muqaddas bilish, insonlarga mexribonlik, do‘stlarga sadoqat, vatanparvarlik kabi tarixan e’zozlab kelinayotgan qadriyatlarini o‘zida shakllantirishi talab etiladi…”-fakultet tyutori L.Zoirova.