All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

IRKUTSK MILLIY TADQIQOT TEXNIKA UNIVERSITETI VAKILLARI INSTITUTDA BOʻLDILAR

 Joriy yilning 15-fevral kuni Rossiya Federatsiyasining Irkutsk milliy tadqiqot texnika universitetining xalqaro faoliyat boʻyicha prorektori Stepan Bikov hamda shu universitetning xalqaro faoliyat direksiyasi rahbari Anna Melentyevalar Navoiy viloyatiga tashrifi chogʻida Navoiy davlat pedagogika institutida boʻldilar.

 

Oʻquv ishlari boʻyicha prorektor Gʻayrat Yodgorov, Rus tili va adabiyoti kafedrasi mudiri Feruza Jumayevalar bilan uchrashuvda ikkala OTM oʻrtasida oʻzaro hamkorlik shartnomasi tuzish boʻyicha kelishib olindi. Shuningdek, oliy taʼlim muassasalarining faoliyati, professor-oʻqituvchilarning ilmiy salohiyati, talabalar kontingenti haqida ham soʻz yuritildi.

“Irkutsk milliy tadqiqot texnika universiteti bilan oʻzaro manfaatli hamkorlik olib borish institutimizni rivojlantirishda yangi imkoniyatlar yaratadi, deb umid qilamiz”, deydi kafedra mudiri F.Jumayeva.