Xabaringiz bo‘lganidek, Navoiy davlat pedagogika instituti hamda Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi hamkorligida “Bugungi talaba – ertangi ustoz” mavzusida “master klass” haftaligi o‘tkazildi.
Mazkur haftalik 12-fevraldan Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakultetida boshlanib, maktabgacha va maktab ta’limi muassasalarida davom etdi.
Bugun, 16-fevral sanasida mazkur haftalikning yopilish marosimi boʻlib oʻtdi. Unda Oʻquv ishlari boʻyicha prorektor Gʻ.Yodgorov, Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi masʼullari, fakultet professor-oʻqituvchilari, maktabgacha va maktab taʼlimi oʻqituvchi pedagoglari hamda fakultet talabalari ishtirok etib, haftalik doirasidagi ishlar sarhisob qilindi.