Hozirgi vaqtda barchamizga ayonki, fikrga qarshi fikr, g‘oyaga qarshi g‘oya, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish har qachongidan ko‘ra muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu maqsadda joriy yilning 16-fevral sanasida NavDPI Matematika-informatika fakultetida “Jholatga qarshi ma’rifat” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Unda Navoiy shahar IIB huzuridagi tergov bo’limi xodimlari Y.Y.Turobov, M.I.Xudoyberdiyev hamda A.Axtamovlar ishtirok etishdi.
Hammamizga ma’lumki harqanday kasallikning oldini olish uchun avvalo kishi organizmida unga qarshi kurashuvchi immunitet hosil qilinadi. Shunday ekan biz yoshlar ongida ham ona Vatanimizga bo‘lgan muhabbatimiz, qadimiy boy tariximizga, ota-bobolarimiz kabi o‘z dinimizga sadoqat tuyg‘ularini yanada shakllantirishimiz, kelajak avlodlarga yetkazib, kerak bo‘lsa ularning ongida va qalbida mafkuraviy, ma’naviy immunitetni kuchaytirishimiz muhim o‘rin tutadi.
Toki yoshlar milliy o‘zligini, shu bilan birga, dunyoni chuqurroq anglaydigan, zamon bilan barobar qadam tashlaydigan insonlar bo‘lib yetishsin. Ana shundagina johil aqidaparastlarning bizlar uchun mutlaqo begona g‘oyalari ham yoshlarimizga o‘z ta’sirini o‘tkaza olmaydi.