Hozirgi kunda voleybol ommaviy sport turiga aylanishga ulgurgan. Dastlab voleybol dam olish va sog‘lom turmush tarzini saqlash uchun o‘yin turi hisoblangan bo‘lsa, XX asrga kelib voleybol oddiy o‘yindan Olimpiya sport turiga aylandi. Voleybol sport turida sportchilarning irodaviy sifatlariga katta talablar qo‘yiladi. Musobaqa jarayonida sportchilar ko‘plab obyektiv va subyektiv qiyinchiliklarga duch keladilar, ularni yengish uchun turli xil irodaviy xususiyatlar talab etiladi. Sport musobaqalarining natijasi asosan psixologik omillar bilan belgilanadi.
NavDPI “Fizika-texnologiya” fakultetida ushbu sport turi bo‘yicha saralash bahslari qiziqarli tarzda davom etdi. Mazkur sport turnirini o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad, yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari hamda darsdan bo‘sh vaqtlarini unumli o‘tkazishdan iboratdir. “Bugungi musobaqalarda fakultetda tahsil olayotgan 100 ga yaqin talaba-yoshlar ishtirok etishdi. Bahslar qizg‘in murosasiz kurashlar tarzida bo‘lib o‘tdi.
Turnir yakuni bo‘yicha “Texnologik ta’lim” yo‘nalishi 3-bosqich jamoasi 1-o‘rinni, “Texnologik ta’lim” yo‘nalishi 2-bosqich jamoasi 2-o‘rinni, “Texnologik ta’lim” yo‘nalishi 1-bosqich jamoasi esa 3-o‘rinni qo‘lga kiritib g‘oliblik sharafiga erishishdi…”-dedi “ Fakultetlararo jismoniy madaniyat” kafedrasi katta o‘qituvchisi N.Roziqov.