loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

GIYOHVANDLIK- UMR ZAVOLI

  NavDPI “Fizika-texnologiya” fakultetida “Giyohvandlik – umr zavoli” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Talaba-yoshlarning istiqbolini, yorqin kelajagini istaydigan har bir o‘quv yurti tarbiya masalasiga jiddiy e’tibor berib, ularni milliy qadriyatlar asosida tarbiyalashi, ular qalbida o‘z xalqi, Vataniga mehr-sadoqat tuyg‘usini kuchaytirishi, ularni xar-xil buzg‘unchi kuchlarning axborot xurujlaridan ogoh etishi, munosib himoya qilishi juda zarurdir. Xalqimiz doimo insoniyatga zarar beradigan illatlardan uzoq bo‘lib, fazilatli amallar qilishga intilib keladi. Chunki fazilatli amallar insonni murodiga yetkarsa, yomon illatlar esa inson uchun hamisha kulfat, nadomat-hasrat manbai bo‘lib keldi. Mana shunday yomonlik manbai bo‘lgan illatlardan biri giyohvandlikdir.


Giyohvandlik insonning joniga, sog‘ligiga ham zaralidir. Giyohvandlik inson tafakkurini o‘tmaslashtiradi, inson tanasining turli kasaliklarga chidamligini yo‘qotadi, xotirani susaytiradi, ko‘zni xiralashtiradi, tishlarni to‘kilib ketishiga sababchi bo‘ladi. U insonlarda bosh, yurak, sil, har xil vahima kabi kasalliklarni paydo qiladi. Insonning jamiyat uchun mehnat qilish iqtidorini yo‘qotadi, insonning sharmu- hayosi yo‘qoladi, hamma narsaga befarq bo‘lib qoladi. Insonni dangasa, yalqov, oila va jamiyat uchun keraksiz insonga aytiradi. Zero, millatimiz, dinimiz, yashayotgan jamiyatimiz uchun zararli bo‘lgan giyohvandlik illatini yo‘qotish va bu illatni tarqalishini oldini olish har birimizning burchimizdir.