loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Buyuk shoirni yod etib

 14-fevral Boburiylar sulolasi asoschisi, buyuk sarkarda, shoh va shoir Zaxiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541-yilligi munosabati bilan Tibbiyot fakulteti bosh koordinatori J. Eshonqulov tashabbusi bilan 1-kurs talabalari ishtirokida “Buyuk shoirni yod etib” deb nomlangan adabiy-badiiy tadbir bo’lib otdi.

Tadbirni Tibbiyot fakulteti yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari H. Raxmatova ochib, Zaxiriddin Muhammad Boburning hayoti va ijodi va ruboiylari haqida o’z fikrlarini bildirdi. Tadbir davomida Tibbiyot fakulteti talabalarining Bobur g’azallari, musiqiy chiqishlari va Bobur bobomizning hayoti va ijodi asosida tuzulgan savol-javob viktorinalari bo’lib o’tdi.