A+
A
A-

       

 Navoiy davlat pedagogika institutida  “Alisher  Navoiy  ijodiy  merosining  umumbashariyat  ma'naviy - ma'rifiy  taraqqiyotidagi  o‘rni”  mavzusidagi II an'anaviy xalqaro ilmiy-amaliy  konferensiya doirasida Respublikamizning yetuk olimlari bilan professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirokidi ilmiy - ijodiy uchrashuvlar tashkil etildi 
           Navoiy davlat pedagogika institutida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya doirasidagi uchrashuvlarga  O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti olimlari tashrif buyurishdi.
Uchrashuvda ushbu institutning direktori professor Nizomiddin Mahmudov va mashhur navoiyshunos olim professor Ibrohim Haqqul ishtirok etishdi. Yig‘ilishni institut rektori Baxtiyor Daniyarov olib bordi. Mazkur ilmiy-ijodiy uchrashuvda olimlar bugungi kundagi Respublikamizda ilm-fanga qaratilayotgan e'tibor va imkoniyatlar xususida fbkr yuritildi.
Professor Nizomiddin Mahmudov o‘zbek tilini tadqiq etishning yangi yo‘nalishlari va ilmiy ijodning ustuvorligi haqida professor-o‘qituvchilar va talabalarga ma'ruza qildi. 
Professor Ibrohim Haqqulov esa Alisher Navoiy ijodiy merosi uni o‘rganish va uning bugungi kundagi ahamiyati bo‘yicha ilmiy ma'ruza qildi.
Shundan so‘ng institut  professor-o‘qituvchilar va talabalar o‘zbek tili va adabiyoti sohasida olib borilayotgan ilmiy izlanishlar, Alisher Navoiy ijodi bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha ma'lumotlar olishdi.
 

 


© 2017 Navoiy davlat pedagogika instituti saytidan olingan ma'lumotlarni chop etilganda veb-saytga havola qilish majburiy
Сайт скован и затачивается при помощи Octopus