Kitob — qalblarni yorituvchi nur, tafakkurni boyituvchi xazina, kamolot cho‘qqisi va ma’naviy komillikka yetaklovchi hamroh. Bugun mamlakatimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan “Eng yaxshi kitobxon” tanlovlari yoshlarni kitobxonlikka chorlash, ularning kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishlarni yanada oshirish va shu orqali ma’naviy dunyosini boyitish, ona-Vatanni sevish, sadoqat tuyg‘ularini shakllanishiga, shuningdek, bunyodkorlik g‘oyalarini yuzaga chiqarishdek ezgu ishlarni o‘zida mujassam etganligi bilan ham muhim ahamiyatga ega. NavDPI “Fizika-texnologiya” fakultetida talabalar uchun tavsiya etilgan asarlar yuzasidan “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi. Bahslarda faol ishtirok etgan yoshlarga fakultet dekanatining tashakkurnomalari va estalik sovg‘alari topshirildi.