loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

MEN SEVGAN ADIB MAVZUSIDA DAVRA SUHBATI

 Ma’rifatli kitobxonni tarbiyalash, uning didini o‘stirish va ma’naviyatini boyitish har bir adibning vazifasi. Zotan, ijodkor asarlarining saviyasi o‘quvchilarning badiiy-estetik tarbiyasida ham o‘ziga xos manba bo‘lib xizmat qiladi. Muallifning qalb bisotidagi boyliklar o‘quvchi ongiga ko‘chishi barobarida uning uchun ezgulik va go‘zallik sari yo‘l ochadi. Ta’sir va taassurotlarga boy bu ijodiy hamkorlik kitobxonni nafosat safariga undaydi, uning safardosh bo‘lishga imkon yaratadi. NavDPI “Fizika-texnologiya” fakultetida 23-aprel kuni “Men sevgan adib” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. El sevgan adib Muhammad Yusuf avvalo xalq dardini baralla aytgan, yurt muhabbatini hech kimga oʻxshamagan misralarda taʼriflagan sheʼrlari, qoʻshiqlari bilan tanildi, shuhrat qozondi.

El mehriga sazovor boʻldi.“Bulbulga bir gapim bor”Bevafo koʻp ekan”Ulugʻimsan, Vatanim”singari oʻndan ortiq sheʼriy toʻplamlari adabiyotimizning oltin merosiga aylandi. “Muhammad Yusufning she’riyat olamiga qushgan hissasi juda katta. Shoirning barkamol ijod yo‘li o‘quvchilarining kamolot sari intilgan yo‘li bilan tutash. Mana shu sermehnat ijod yo‘lini bosib o‘tgan adibimizga doimo betakror iste’dodiga munosib salohiyatli, ma’rifatli, didi baland kitobxonlar hamroh bo‘lishiga tilakdoshmiz…”-dedi tyutor G.Ikromova.