loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Koʻpni koʻrgan ustoz va murabbiylarning hayot tajribasi yoshlar uchun ibrat maktabidir!

 Maʼlumki, oliy oʻquv yurtlarida boʻlgʻusi mutaxassislarga tarbiyaviy taʼsir qiluvchi ustoz-shogird anʼanalari tajribasi amaliy tasdiqlangan omil sifatida ifodalanadi. Shogird ustoz rahbarligida bilim yoki hunar oʻrganayotgan muddatda uning har bir harakati va ish uslubini, hatto nimani qayerga qoʻyish, qaysi tomoniga koʻproq eʼtibor berish holatlarini ham sinchiklab kuzatishi talab qilinadi.

 

Odatda ustoz baʼzan hunarning har bir ikir-chikirini ham aytavermaydi, balki amalda koʻrsatadi. Ehtimol, bu bilan ustoz shogirdining hushyorligini, sinchkovligi va qiziqishini sinab koʻrmoqchidir? Shu sinovdan muvaffaqiyatli oʻtgan shogirdning oshigʻi, shubhasiz, olchi boʻladi. Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola ilmiy-amaliy markazi Navoiy filialida Tibbiyot fakulteti talabalari bilan “Ustoz-shogird an’analari amalda” shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy uchrashuv boʻlib oʻtdi.