loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Mirzo Ulug‘bek Vorislari tanloviga ishtirok eting

TANLOV HAQIDA

 “Mirzo Ulug‘bek vorislari” Respublika tanlovida O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan,  16 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan barcha yoshlar ishtirok etishi mumkin.

Ushbu tanlov mamlakatimizda iqtidorli yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni yanada jadallashtirish, ularni ilmiy-texnik faoliyatiga keng jalb qilish, iqtidorli yoshlarning, jumladan, olis hududlarda istiqomat qilayotgan yigit-qizlarning bilim, ko‘nikma va malakasini oshirish maqsadida respublikamizning barcha hududlarida “Mirzo Ulug‘bek vorislari” Respublika tanlovini o‘tkazish rejalashtirilgan. Tanlovda aniq bir g‘oya va loyihalari bo‘lgan yoshlar ishtirok etishlari mumkin. Yo‘nalishlar va sohalar chegaralanmagan (Misol uchun: IT texnologiyalar, qishloq xo‘jaligi, muhandislik, tibbiyot va boshqalar). Tanlovning tuman bosqichida qatnashish uchun IQ test natijasi 110 balldan past bo‘lmasligi kerak.