loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Adiblar bilan uchrashuv

  Joriy yilning 25-aprel kuni Navoiy davlat pedagogika institutida “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida “Adiblar bilan uchrashuv” bo‘lib o‘tdi.

Tashrif buyurgan ijodkorlar  shoir va tarjimon Vafo Fayzulloh hamda shoir Bahriddin Sadriddinovlar  “Yashil makon” loyihasi doirasida institut rektori Bahodir Sobirov bilan birgalikda daraxt ekishdi.

So‘ng kitoblar yarmarkasi hamda talabalarning rasmlar ko‘rgazmasi bilan tanishdi.

“Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida tashrif buyurgan shoir va yozuvchilar so‘nggi yillarda institutda amalga oshirilayotgan ishlar, ma’naviy-ma’rifiy sohadagi faoliyatlar hamda talabalarning turli yo‘nalishlarda erishayotgan yutuqlari bilan tanishdi. Shu bilan birga kelgusidagi rejalar to‘g’risida institut rektori Bahodir Sobirov qisqacha to‘xtalib o‘tdi. Tadbirda institut rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, talabalar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.