loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

VAZIRNING BIRINCHI O‘RINBOSARI NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIGA TASHRIF BUYURDI

  Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev tashrif avvalida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida institut hududida daraxt ko‘chatini o‘tqazdi.

   

Shundan so‘ng vazir o‘rinbosariga Navoiy davlat pedagogika institutida o‘quv-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-tadqiqot va innovatsion yo‘nalishlarda amalga oshirilgan ishlar to‘g’risida to‘xtalib, kelgusidagi ustuvor rejalar yuzasidan ma’lumot berildi.

Xususan, Vazirlar Mahkamasining “Navoiy davlat pedagogika instituti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori bo‘yicha olib borilgan ishlar taqdimot qilindi. Bu bo‘yicha vazir o‘rinbosari Sh.Daliyev tomonidan takliflar va kerakli tavsiyalar berildi.

Shuningdek, talabalar bilan birgalikda rahbar va yoshlar uchrashuvi oʻtkazildi.Ochiq muloqot tarzida oʻtgan uchrashuvda bugungi kunda davlatimiz tomonidan olib borilayotgan islohotlar, yoshlarga yaratilayotgan shart-sharoit va imkoniyatlar, imtiyozlar haqida to‘xtalib, talaba-yoshlar ushbu imkoniyatlardan unumli foydalanishlari, aniq maqsad sari harakat qilishlari, doimiy izlanishda boʻlishlari lozimligi qayd etildi. Shu bilan birga, talabalar tomonidan ham bir qator takliflar ilgari surilib, ularning aksariyati qo‘llab-quvvatlandi. Ba’zi takliflar o‘rganilib, nazoratga olinishi ta’kidlandi.

Tashrif davomida vazir oʻrinbosari institut talaba-qizlari oʻrtasida oʻtkazilayotgan futbol boʻyicha “REKTOR KUBOGI” musobaqasida ishtirok etib, jarayonni kuzatdi hamda “Qalqon” jamoasining faoliyati bilan tanishdi. Qolaversa, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosariga institutda yoshlar masalalari boʻyicha olib borilgan ishlar haqida maʼlumot berildi.

Vazir o‘rinbosari tomonidan Oliy ta’lim muassasasi talabalarining nutq va notiqlik mahoratini oshirish, ularda mustaqil fikrlash va shaxsiy pozitsiyalarini faol qo‘llab-quvvatlash ko‘nikmalarini rivojlantirish, shuningdek, ijtimoiy-ma’naviy dunyoqarashini yanada kuchaytirish maqsadida “Interaktiv loyihalar” ishlab chiqish topshirig’i berildi.

 

Joriy yilning 22-26-aprel kunlari “Kitobsevar millat” shiori ostida oʻtkazilayotgan respublika “Kitobxonlik haftaligi” doirasida institutda “Kitob yarmarkasi” tashkil etildi. Unda vazir oʻrinbosari Sh. Daliyev ishtirok etdi hamda kitoblar bilan tanishib, ularni ommalashtirish boʻyicha oʻz takliflarini ilgari surdi.

Shuningdek, Shohrux Daliyev “Inkubatsiya va akseleratsiya” markazi faoliyati bilan tanishdi. Markazda qilinayotgan va amalga oshirilgan loyihalar haqida xodimlar tomonidan maʼlumotlar berildi.

Xususan, markaz xodimi Oybek Abduraimov tomonidan yangi loyiha “Ilm Nuri. “Inkluziv taʼlim platformasi” ning taqdimoti boʻlib oʻtdi. Suhbat soʻnggida vazir oʻrinbosari markaz xodimlariga bir necha takliflarni berdi va kelgusidagi faoliyatlariga omad tiladi.