A+
A
A-

 

 

  O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2019 yil 19-martdagi tavsiyasiga ko‘ra ikkinchi tashabbus- Jismoniy tarbiya va sportga bag‘ishlab Navoiy davlat pedagogika instituti Jismoniy madaniyat fakultetida “Sport yoshlarimiz parvoziga qanotdir”  mavzusida sport tadbiri o‘tkazildi. Tadbirni instituti rektori B.X.Daniyarov kirish so‘zi bilan ochib berdi.Navoiy shahar hokimi Yoshla masalalari bo‘yicha hokim o‘rinbosari  U.M.Muradullayev, Navoiy shahar Yoshlar ittifoqi shahar kengashi raisi  X.Xakimov, Viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig‘i  Sh.P.Narziyeva, Navoiy davlat pedagogika instituti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor  X.Qurbonov, Ma'naviyat - ma'rifat  bo‘lim boshlig‘i A.Usmonov hamda Jismoniy madaniyat fakulteti o‘qituvchilari va talabalari  ishtirok etdilar. Navoiy davlat pedagogika instituti Jismoniy madaniyat fakultetida tahsil olayotgan iqtidorli, sportchi talaba-yoshlar o‘zlari tanlagan sport turlari bo‘yicha respublika va Xalqaro musobaqalarda munosib ishtirok etib kelayotganligini alohida ta'kitlab o‘tdi. Buning uchun bor imkoniyatdan foydalanib, beshta muhim   tashabbusni Jismoniy madaniyat fakulteti o‘qituvchilari, institut Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti va barcha professor-o‘qituvchilar bilan birgalikda targ‘ibot-tashviqot qilishda davom etishini aytib o‘tdi. Jismoniy madaniyat fakultetida taxsil olayotgan, o‘zlari tanlagan sport turlari bo‘yicha respublika va Xalqaro sport  musobaqalarda munosib ishtirok etib kelayotgan iqtidorli  sportchi talaba-yoshlar, sport ustaligi va Xalqaro sport ustaligi talablarini bajarganliklari  uchun maxsus guvohnomalari Viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig‘i Sh.P.Narziyeva  tomonidan topshirildi.

                                                  


© 2017 Navoiy davlat pedagogika instituti saytidan olingan ma'lumotlarni chop etilganda veb-saytga havola qilish majburiy
Сайт скован и затачивается при помощи Octopus